"BETAKRORIMSAN, YAGONASAN, ONA VATANIM - O’ZBEKISTONIM!”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Poytaxtimizdagi 23-Mehribonlik uyida Vatanimiz mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlab “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O’zbekistonim!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi.
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari, Xalq ta’limi vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni sog’lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ma’naviyatini yuksaltirish, iqtidorini to’la namoyon etishiga yaqindan ko’maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turli ijtimoiy aksiyalar, xayriya konsertlari, loyihalar, uchrashuvlar millati, tibbiy va ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar, har bir o’g’il-qizga alohida mehr-e’tibor ko’rsatish, ularning bilim olishi, qiziqish va intilishiga ko’ra kasb-hunar egallashi, jamiyatga faol integratsiyalashuvida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yosh avlodning estetik didini yuksaltirish, ularda o’ziga ishonch, mustahkam iroda kabi fazilatlarni shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar o’z samaralarini bermoqda. Iste’dodli o’g’il-qizlar turli ko’rik-tanlovlar, festivallar, sport musobaqalarida faol ishtirok etmoqda.
Ta’til kunlarida yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish, ular ongiga ona Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat tuyg’ularini singdirish, kattalarga hurmat va kichiklarga izzatda bo’lish kabi insoniy fazilatlarni shakllantirish muhim vazifadir. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
— Tadbirda o’zimiz ham bolajonlar bilan birga yayradik, - deydi Mehribonlik uyi tarbiyachisi Umida Turdaliyeva. - Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yosh avlodga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik ularni Vatanimizga munosib farzand bo’lishga undaydi.
Taniqli san’atkorlar, «Nihol» mukofoti sovrindorlari, xalqaro festival va tanlovlarda g’olib bo’lgan yosh ijrochilar, badiiy jamoalarning tinchlik, Vatan va istiqlolni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlari tarbiyalanuvchilarga bir olam quvonch bag’ishladi.