Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BETAKRORLIGING DUNYOGA TARANNUM ETAMIZ, VATAN

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BETAKRORLIGING DUNYOGA TARANNUM ETAMIZ, VATAN

O‘zbekiston haqida so‘z ketsa, unga ko‘proq bag‘rikeng diyor, degan ta’rif beriladi. Chunki bu yerda turli millat vakillari ahil-inoq yashab, mehnat qilib kelmoqda.

Bu Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizga xos azaliy urf-odat va an’analar ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab kelinayotgani, shu zaminda yashayotgan barcha millat va elat vakillarining huquq va manfaatlari amalda ta’minlanayotgani natijasidir.

Zero, Bosh qomusimizning 18-moddasida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

– Mustaqillik yillarida ajdodlarimizdan meros mehr-oqibat, do‘stlik, hamjihatlik kabi go‘zal qadriyatlarimiz yangi ma’no-mazmun bilan boyidi, – deydi Respublika Baynalmilal madaniyat markazi rahbari Nasriddin Muhammadiyev. – Bu – O‘zbekistonda hukm surayotgan tinchlikda, turli millat vakillarining o‘zaro ahilligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, eng ulug‘, eng aziz bayram – Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi arafasida yurtimizda yashayotgan barcha millat vakillarining ushbu ayyomga ko‘tarinki kayfiyatda tayyorgarlik ko‘rayotgani ham ularning hayotdan roziligi, ertangi kunga ishonchi mustahkamligini namoyish etmoqda.

Mamlakatimizda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari ahil-inoq yashab, mehnat qilmoqda. Yurtimizning barcha hududida ularning milliy madaniyat markazlari faoliyat ko‘rsatayotir. O‘tgan yigirma to‘rt yil ichida bu markazlar faoliyati rivojlanib, ular nafaqat har bir millatning tilini, san’atini, madaniyati asrash, balki yurtimizdagi mehr-oqibat muhitining yanada mustahkamlanishiga, tinchlik va barqarorlikning bardavom bo‘lishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Buning uchun davlatimiz tomonidan barcha shart-sharoit ta’minlangani, fuqarolar, ayniqsa, turli millatlar o‘rtasida o‘zaro mehr-oqibatni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani muhim omil bo‘layotir.

– Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida olib borilayotgan tinchliksevar siyosat ertangi kunimizga ishonch tuyg‘ularini kuchaytiradi, – deydi O‘zbekiston koreys milliy madaniyat markazi raisi Viktor Pak. – O‘zbekistonimizda barcha insonlar teng huquqliligi amalda ta’minlanayotganini tinch va farovon hayotimizda ko‘rib turibmiz. Bu dunyoga mashhur “o‘zbek modeli”ning yana bir ibratli ko‘rinishidir. Mamlakatimizda boshqa millat vakillari kabi koreys millatiga mansub aholining bilim olishi, o‘z ona tilini o‘rganishi, urf-odat va an’analarini rivojlantirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bunday keng imkoniyatlarni bizga faqat mustaqil O‘zbekiston davlati berdi. Istiqlolgacha biz, koreyslar o‘z ona tilimizda so‘zlashish, uni o‘rganish imkoniyatidan mahrum edik. Shu bois katta avlod vakillari orasida o‘z ona tilini bilmaydiganlar bor. Davlat va jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan, yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘layotganlar orasida millatdoshlarimizning ko‘pligi faxrimizga faxr qo‘shadi. Bu O‘zbekistonda barcha millat vakillari uchun teng imkoniyatlar yaratilgani samarasidir. Shuning uchun biz Vatanimiz O‘zbekistonni jon-dilimizdan sevib ardoqlaymiz, uning tinchligi, taraqqiyotiga hissa qo‘shishni o‘zimizning farzandlik burchimiz, deb bilamiz.

Mamlakatimizda yashayotgan rus millatiga mansub aholi ham jamiyat hayotining barcha jabhalarida samarali mehnat qilayotir. Ular orasida pedagog, shifokor, ishchi, murabbiydan tortib jahon chempionigacha, mahalla raisidan deputat, senatorgacha bor. O‘nlab rus badiiy jamoalari, aktyorlari, xonandalarning ijodini nafaqat xalqimiz, balki dunyo biladi.

– O‘zbekiston shunday jannatmonand, bag‘rikeng mamlakatki, uning nonini, suvini totgan inson bu yerga albatta mehr qo‘yadi, – deydi O‘zbekiston rus milliy madaniyat markazi raisi Aleksandr Aristov. – Bu yerda istiqomat qilayotgan ruslar haqida ham shu fikrni bildirish mumkin. Eng muhimi, mamlakatimizda yuksak umuminsoniy qadriyatlar, tolerantlik mustahkam qaror topgani bizning emin-erkin yashashimiz, ertangi kunga ishonchimiz barqarorligiga zamin yaratgan.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 4-moddasida qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.

Bosh qomusimizda kafolatlangan bu tamoyil tufayli yurtimizda yashayotgan turkman millatiga mansub aholi ham tenglar ichra teng bo‘lib, o‘z tili, milliy urf-odatlarini faol rivojlantirmoqda.

– Bir-biriga mehr ko‘rsatish, holidan xabar olish, keksalarni e’zozlashdek olijanob fazilatlar yurtimizda millat ham, din ham tanlamaydi, – deydi O‘zbekiston turkman milliy madaniyat markazi raisi O‘rozmurod Qurbonov. – Bunday yuksak insoniy omillar nafaqat davlatimiz siyosatida mavjudligidan, balki odamlarning qon-qoniga singib ketganidan doim faxrlanaman. Davlatimiz rahbari Islom Karimovning “Adolatli jamiyatda yashamoqchi ekanmiz, boshqa xalq vakillarining manfaatlarini ham himoya etishimiz, ularga hurmat va e’tibor ko‘rsatishimiz zarur. O‘zbekistonda tug‘ilgan, uning zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan har bir kishi, milliy mansubligidan va e’tiqodidan qat’i nazar, mamlakatimizning teng huquqli fuqarosi bo‘lishga munosibdir”, degan fikrlari barcha millat vakillarining ko‘nglini tog‘day ko‘taradi.

Darhaqiqat, bu fikrlar amalda o‘z ifodasini topib, turli millatlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish borasida huquqiy asoslar yaratildi. Ularning madaniyati, tili, milliy urf-odatlari va an’analari saqlanishi hamda rivojlanishi uchun barcha shart-sharoit muhayyo etildi.

“Svitanak” belarus milliy madaniy markazining faoliyati ham fikrimiz dalilidir.

– Markazimiz qoshida tashkil etilgan folklor ansambli va xor jamoasi O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ko‘plab madaniy tadbirlarda faol ishtirok etish barobarida belarus xalqining milliy kuy-qo‘shiqlarini kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishga munosib ulush qo‘shmoqda, – deydi Toshkent shahar “Svitanak” belarus milliy madaniy markazi raisi Liliya Belozerova. – “O‘zbekiston – umumiy uyimiz”, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir” festivallarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritganmiz. Bugun har bir O‘zbekiston fuqarosi, millatidan qat’i nazar, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlarda keng va erkin ishtirok etayotir. Yurt ravnaqi yo‘lida qilayotgan xizmatlari davlatimiz tomonidan e’tiborga olinib, doimiy rag‘batlantirilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 23-avgustdagi farmoniga asosan "Do‘stlik" ordeniga sazovor bo‘lganman. Bunday yuksak mukofot menga va barcha belarus millati vakillariga alohida g‘ayrat-shijoat bag‘ishlaydi, kelgusida shu aziz Vatanimiz – O‘zbekiston mustaqilligini yanada mustahkamlash va uning taraqqiyotini yuksaltirishga o‘zimizning munosib hissamizni qo‘shaveramiz.

Darhaqiqat, osoyishtalikda halol mehnat qilib rizq topish, o‘zaro mehr-oqibatli bo‘lib yashash eng katta saodatdir. Faqat shunday joydagina xayrli ishlarga yo‘l ochilib, buyuk bunyodkorlik ishlari ro‘yobga chiqariladi. Jahon ahli e’tirof etganidek, bu borada O‘zbekistonga har qancha havas qilsa arziydi.

Vatanimiz mustaqilligining yigirma to‘rt yilligi arafasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy-madaniy markazlar, ularning viloyatlardagi filiallarida eng ulug‘, eng aziz bayramimizga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rilmoqda. “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan bayram tadbirida ularning barchasi o‘zlari tayyorlagan dastur orqali yurtimizga bo‘lgan mehri, sadoqatini izhor etish, O‘zbekistonning betakrorligi, yagonaligini dunyoga tarannum etishni niyat qilgan.

WWW.UZA.UZ