BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARIGA TASHRIF SAMARALI BO‘LDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi samarali bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari Abu-Dabi shahrida mazkur Amirlik valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan, Dubay shahrida BAA vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqotlar chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda o‘zaro manfaatli hujjatlar va umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investitsiya kelishuvlari imzolandi.
Prezidentimiz Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.