“BIT - 2016” XALQARO SAYYOHLIK KO’RGAZMASIDA O’ZBEKISTONNING SAYYOHLIK SALOHIYATI NAMOYISH ETILADI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Joriy yilning 11-13 fevral kunlari Italiyaning Milan shahrida o’tkaziladigan “BIT - 2016” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasida O’zbekistonning sayyohlik salohiyati namoyish etiladi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar samarasida mamlakatimizda ichki va tashqi turizm yangi bosqichga chiqdi. Zamonaviy infratuzilma, rang-barang marshrutlar va sifatli xizmatlar sayyohlarni o’ziga maftun etmoqda. Mamlakatimizdagi tinchlik va farovonlik, zamonaviy mehmonxonalar va dam olish maskanlari xorijliklarning mazmunli hordiq chiqarishi uchun qulay imkoniyat yaratmoqda.
Yurtimiz turizm industriyasi qadimiylik va zamonaviylik kasb etgan. O’zbekiston tarixiy qadamjolari ko’pligi bo’yicha dunyodagi yetakchi o’n davlatdan biridir. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Marg’ilon kabi shaharlarimiz butun dunyoda qadrlanadi. Xususan, Samarqand “The Huffington Post” internet nashri tomonidan inson o’z umri davomida hyech bo’lmasa bir marta borib ko’rishi shart bo’lgan dunyodagi 50 shahardan biri sifatida e’tirof etilgan.
“O’zbekturizm” milliy kompaniyasi mamlakatimiz sayyohlik salohiyatini jahonga keng tanitish maqsadida qator xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Italiyada o’tkaziladigan turizm ko’rgazmasi yurtimiz jozibasini namoyish etish uchun yana bir imkoniyatdir.
“BIT” dunyodagi eng nufuzli xalqaro ko’rgazmalardan hisoblanadi. Bu yilgi forumda 140 dan ortiq mamlakatdan ikki mingdan ziyod firma va kompaniya vakillari, ekspert va olimlar ishtirok etishi kutilmoqda. Ko’rgazmada turoperatorlar va sayyohlik agentliklari, safari bog’lari, ekologik, sport sayohati, ovchilik, mehmonxona va transport servisi, oziq-ovqat, sog’lomlashtirish, oilaviy va to’y sayohati kabi yo’nalishlarga oid o’nlab bo’limlar ish olib boradi.
“O’zbekturizm” kompaniyasidan ma’lum qilishlaricha, ko’rgazmadan o’rin oladigan O’zbekiston milliy stendida mamlakatimizning go’zal maskanlari va tarixiy obidalari tasvirlanadi. Bu ishtirokchilarning yurtimiz haqida yorqin tasavvurga ega bo’lishiga xizmat qiladi. Qadimiy shaharlarimiz, yurtimizning diqqatga sazovor joylari haqidagi albomlar, buklet va nashrlar, xalq badiiy hunarmandligi va amaliy san’ati mahsulotlari yarmarka ishtirokchilari e’tiboriga havola etiladi. Forumga tashrif buyuruvchilar O’zbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati bilan ham tanishishi mumkin.
“BIT - 2016” xalqaro sayyohlik ko’rgazmasi jahon jamoatchiligini mamlakatimiz sayyohlik sanoati bilan keng tanishtirish, xorijiy turizm kompaniyalari bilan o’zaro hamkorlikni kengaytirish, ko’p tomonlama shartnomalar tuzish, jahon sayyohlik bozoridagi yangiliklarni o’rganish, bu borada o’zaro fikr va tajriba almashish imkonini beradi.
Jahon AA