BITIM KUCHGA KIRDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2015-yilning 14-oktabr kuni 2014-yil 1-iyulda Bern shahrida (Shveysariya) imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi o‘rtasida daromad va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishini oldini olish to‘g‘risidagi 2002-yil 3-aprelda imzolangan Bitimga hamda uning Bayonnomasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi Bayonnoma kuchga kirdi.
Hujjatda yuqorida qayd etilgan Bitimga hamda uning Bayonnomasiga soliq to‘lashdan bosh tortishni oldini olish uchun soliq sohasida ma’lumot almashishning samarali mexanizmlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan yangi qoidalar kiritish ko‘zda tutiladi.
Ushbu xalqaro shartnoma soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda O‘zbekiston-Shveysariya hamkorligini mustahkamlashga ko‘maklashadi hamda ikki davlat soliq qonunchiligiga amal qilinishni ta’minlaydi.
Ushbu Bayonnomaning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.