Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“BIZ O’ZBEKISTONNING BOY VA NOYOB SAYYOHLIK SALOHIYATINI OMMALASHTIRISH YUZASIDAN O’ZARO HAMKORLIK QILAYOTGANIMIZDAN MAMNUNMIZ”

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“BIZ O'ZBEKISTONNING BOY VA NOYOB SAYYOHLIK SALOHIYATINI OMMALASHTIRISH YUZASIDAN O'ZARO HAMKORLIK QILAYOTGANIMIZDAN MAMNUNMIZ”

Madridda O’zbekiston davlat mustaqilligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi.

Unda Ispaniyaning siyosiy, ijtimoiy, akademik va ishbilarmon doiralari hamda mamlakatda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatiya missiyalarining vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir chog’ida O’zbekistonda mustaqil taraqqiyot yillari davomida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar hamda ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari xususida atroflicha fikr yuritildi. Alohida qayd etilganidek, mamlakatimizda hayotga tadbiq etilayotgan keng ko’lamli islohotlarning natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan o’z e’tirofini topmoqda.

Marosim chog’ida O’zbekiston va Ispaniya o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Tantanali marosim ishtirokchilari O’zbekiston xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 24 yillik bayrami bilan qutlashar ekan, yurtimiz xalqiga o’zlarining ezgu niyatlarini izhor etdilar.

— Men O’zbekistonga borishga, uning Toshkent va Samarqand singari go’zal shaharlarini o’z ko’zim bilan ko’rishga muyassar bo’ldim, - deydi BMT Butunjahon sayyohlik tashkilotining dastur direktori Yolanda Perdomo. - Safarim chog’ida O’zbekiston va uning mehmondo’st xalqi bilan yaqindan tanishdim, mustaqil rivojlanish yillari davomida ro’y bergan tub o’zgarishlarga guvoh bo’ldim. Biz O’zbekistonning boy va noyob sayyohlik salohiyatini ommalashtirish yuzasidan o’zaro hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz.

Kastiliya va Leon mintaqasining Savdo bo’yicha federatsiyasi prezidenti Xuan Manuel Munos “Jahon” axborot agentligiga bergan intervyusi chog’ida mamlakatimiz bozor mexanizmlarini takomillashtirish yo’lida katta qadamlar tashlaganini e’tirof etdi.

— Mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sishi bu sohada qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligidan dalolat beradi, - dedi u. - Jozibali sarmoyaviy muhit, katta tabiiy boylik, rivojlangan ishlab chiqarish infratuzilmasi hamda malakali mehnat resurslari respublikaga chet el kapitalini jalb etish uchun muhim omil hisoblanadi.

O’z navbatida, Kastiliya universiteti prorektori La-Mancha Xesus Moya mamlakatimizda ta’lim sohasida hayotga tadbiq etilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

— Universitetimiz O’zbekiston oliy o’quv yurtlari bilan o’zaro hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdordir, - dedi u. - Hozirgi paytda biz o’zbekistonlik sheriklarimiz bilan aloqalarni yanada faollashtirishni rejalashtirmoqdamiz.

“Jahon” AA, Madrid