Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BIZNES OMBUDSMAN – TADBIRKORNING ISHONCHLI HIMOYACHISI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BIZNES OMBUDSMAN – TADBIRKORNING ISHONCHLI HIMOYACHISI

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 24-avgustda boshlanadigan o‘n birinchi yalpi majlisi oldidan Senat qo‘mitalari yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Senatning yalpi majlisiga 26 masala kiritilgan. Shundan 10 tasi qonun hujjatlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning 6 tasi yangi qonundir.

Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni mohiyati va qo‘mita vakolatlari doirasidagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

– Mamlakatimizda 525 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda, – deydi senator Turg‘un Iskandarov. – Yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan ortig‘i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotir. Mehnatga layoqatli aholining 78 foizdan ortig‘i mazkur sektorda ish bilan ta’minlangan.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida biznes muhitining yangi samarali tizimini yaratishga e’tibor qaratilgan.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-maydagi farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil instituti ta’sis etildi. Mazkur farmonga muvofiq ishlab chiqilgan yangi qonunda Vakil faoliyatining huquqiy asoslari qamrab olingan. E’tiborli jihati, mazkur institut mansabdor shaxslarga tobe bo‘lmagan holda faoliyat yuritadi. Qonunning qabul qilinishi tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari, Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari, Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va Ekologiya qo‘mitalari yig‘ilishlarida ham qo‘mitalar vakolatlari doirasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

O’zA