Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BMT BOSH ASSAMBLEYASI 69-SESSIYASINING RASMIY HUJJATI SIFATIDA TARQATILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BMT BOSH ASSAMBLEYASI 69-SESSIYASINING RASMIY HUJJATI SIFATIDA TARQATILDI

Mamlakatimizda bola manfaatlari va huquqlari himoyasiga ustuvor darajada e’tibor qaratilayotganiga doir axborot materiali Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi qarorgohida BMT Bosh Assambleyasi 69-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy olti tilida tarqatilgan mazkur hujjatda O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan buyon bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning salomatligi muhofazasi va sifatli ta’lim olishi masalalari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lib kelayotgani qayd etiladi. «Mamlakatda ta’limni tubdan isloh etish hamda rivojlangan davlatlar darajasida kadrlar tayyorlash tizimini barpo etish va rivojlantirishga yo’naltirilgan milliy ta’lim tizimining huquqiy asoslari yaratilgan».

Shu bilan birga, unda 1994 yili O’zbekiston «Bola huquqlari to’g’risida»gi Konvensiyani ratifikatsiya qilgani ta’kidlanadi. Mazkur Konvensiya mamlakatimizda rasman qabul qilingan xalqaro hujjatlarning dastlabkilaridan biri hisoblanadi. Respublikada “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonun qabul qilingan. Bolalar manfaatlari, ularning huquqlari ta’minlanishi masalalariga oid barcha qonuniy hujjatlar xalqaro me’yorlarga mos keladi. «Sog’lom ona - sog’lom bola» milliy modeli onalar va bolalar to’g’risida alohida g’amxo’rlikni ta’minlash imkonini yaratdi. Uni hayotga tadbiq etish doirasida “2014-2018 yillarda O’zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o’smirlar sog’lig’ini muhofaza qilish bo’yicha Davlat dasturi» tasdiqlandi, deya qayd etiladi mazkur materialda.

Yuqoridagilardan tashqari, unda kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularni samarali davolash maqsadida O’zbekistonda 6 million 500 ming nafar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o’quvchilari chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazilgani ham ma’lum qilingan. «Shuningdek, O’zbekistonda ikki yoshgacha bo’lgan barcha bolalar bepul emlanayotgani bo’g’ma, poliomiyelit, qoqshol singari kasalliklarga to’la barham berish imkoniyatini yaratdi».

«Bugungi kunda O’zbekiston bolalarining 92 foizi rivojlanish ko’rsatkichlari bo’yicha Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti standartlariga to’la mos keladi. “Save the children” xalqaro tashkiloti reytingiga ko’ra, O’zbekiston dunyodagi bolalar salomatligi to’g’risida eng ko’p g’amxo’rlik ko’rsatadigan o’nta mamlakat qatoridan joy oldi», deya ta’kidlanadi ushbu materialda.

Unda yosh avlodning sifatli ta’lim olishiga mamlakatimizda katta e’tibor qaratayotgani, xususan, umumiy davlat byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy soha rivojiga yo’naltirilayotgan bo’lsa, uning yarmi ta’lim sohasi maqsadlarida sarflanayotgani ham qayd etilgan. «Respublikada «Ta’lim to’g’risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash bo’yicha Milliy dastur» asosida mamlakatda yagona uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgan. O’zbekistonda umumta’lim maktabidagi 9 yillik o’qishdan so’ng o’quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olishidan iborat 12 yillik ta’lim majburiy va bepuldir».

Shuningdek, hujjatda O’zbekistonda musiqa, sport va san’at maktablari, «Barkamol avlod» markazlari, turli yo’nalishlardagi to’garaklardan iborat qo’shimcha ta’lim-tarbiya tizimi ham joriy etilgani ham jahon hamjamiyatiga ma’lum qilingan. Ular bolalarning bo’sh vaqtlarini foydali va muayyan maqsadga yo’naltirilgan tarzda o’tkazishlarini ta’minlamoqda.

«O’zbekistonda mustaqil rivojlanish yillari davrida qurilgan va modernizatsiyalangan qariyb 9,5 ming maktab hamda 1,5 ming litsey va kollejlarning barchasi zarur zamonaviy jihozlar va darsliklar bilan ta’minlandi. Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan biri - «INSEAD» tomonidan 2012 yili o’tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, O’zbekiston ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi bo’yicha dunyoda 5-o’rinni egalladi», deyiladi tarqatilgan hujjatda. Unda, shuningdek, O’zbekiston 2008 yili Xalqaro mehnat tashkilotining “Bolalar mehnatining eng yomon shakllari to’g’risida”gi 182-Konvensiyasini, 2009 yili esa “Eng kichik yosh to’g’risida”gi 138-Konvensiyasini ratifikatsiya qilgani va ular amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llanilayotgani ham o’z ifodasini topgan.

“Bu yo’nalishda olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida bolalar mehnatiga yo’l qo’yilmasligi ta’minlanmoqda. Ana shunday ishlarni kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbarligi ostida “Bolalar mehnati masalalari bo’yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash” tuzilgan. Jamoatchilik organi hisoblanadigan mazkur kengash manfaatdor vazirlik va idoralar, kasaba uyushmalari, ish beruvchilar birlashmalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillaridan iborat bo’lib, u doimiy ravishda faoliyat ko’rsatadi”, deya ta’kidlanadi ushbu hujjatda.

“Jahon” AA, Nyu- York