Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BMT Bosh Assambleyasi doirasida "Zamin" fondi hamkorligida maxsus tadbir o‘tkazildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BMT Bosh Assambleyasi doirasida "Zamin" fondi hamkorligida maxsus tadbir o‘tkazildi

Nyu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasining oliy darajadagi haftaligi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, St.Jude bolalar tadqiqot shifoxonasi hamda "Zamin" fondi hamkorlikda "Saraton va boshqa hayot uchun xavfli kasalliklarga chalingan bolalarning yashovchanligini oshirish va azob-uqubatlarini kamaytirish bo‘yicha global harakat" mavzusida tadbir o‘tkazdi. Unda Ziroat Mirziyoyeva ishtirok etdi.

"Zamin" fondi Vasiylik kengashi raisi ishtirokchilarga murojaat qilar ekan, shunday dedi: "Hozirgi vaqtda dunyo bo‘ylab ikki milliarddan ziyod bolalar yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfi ostida yoki ulardan aziyat chekmoqda. Bu — sayyoramiz aholisining qariyb uchdan bir qismi demakdir. Millionlab bolalar saratonga qarshi kurashmoqda. Zamonaviy tibbiyot yutuqlariga qaramay, yashovchanlik darajasi turli mintaqalarda keskin farq qiladi: rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 80 foizdan yuqori bo‘lsa, rivojlanayotganlarda 30 foizdan ham past. Bunday tafovut mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan holat. Bunday fojialarning oldini olish uchun chora ko‘rishimiz zarur".

Tadbirda Turkiya, Ozarbayjon, Angola, Vetnam, Gvatemala, Serbiya birinchi xonimlari, Livan Bosh vazirining rafiqasi; JSST bosh direktori, EKOSOS prezidenti, "Sent Jud" bolalar tadqiqot shifoxonasi prezidenti, Turkiya, Angola, Armaniston, Bangladesh, Mozambik, Dominikan Respublikasi, Nigeriya, Qozog‘iston, Qatar, Kongo Respublikasi, Qirg‘iziston, Malta, Mo‘g‘uliston, BAA, Peru, Tojikiston, Timor-Leste, Tuvalu, Chad, Yamayka sog‘liqni saqlash vazirlari, Vengriya, Indoneziya, Rossiya, Tanzaniya sog‘liqni saqlash tuzilmalari rahbariyati, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar hamjamiyati va fuqarolik jamiyati vakillari, og‘ir kasalliklarga chalingan bolalar ishtirok etdi. Ular orasida "Mehrli maktab" maktabining yosh bitiruvchisi va ko‘ngillisi Samira Idrisova o‘z hayoti haqida samimiy hikoya qilib berdi.

Ishtirokchilar adolatli, integratsiyalashgan va mahalliy resurslarga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimlarini rivojlantirish orqali 2030-yilga qadar saratonga chalingan bolalarning yashovchanlik ko‘rsatkichini 60 foizga yetkazish borasidagi qat’iy intilishlarini tasdiqladilar. Shuningdek, bolalarda saraton kasalliklarini davolashdagi yutuqlarni qo‘llab-quvvatlash va o‘roqsimon hujayrali anemiyaga qarshi global tashabbusni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.