Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BMT Bosh Kotibining Maxsus vakili bilan uchrashuv

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BMT Bosh Kotibining Maxsus vakili bilan uchrashuv

2018-yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan BMT Bosh kotining Maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventive diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Natalya Germanni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekistonning BMT va uning tuzilmalari, jumladan MOPDMM bilan hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasi tribunasidan turib ilgari surilgan muhim xalqaro tashabbuslarning amalga oshirilishi jarayoniga alohida e’tibor qaratildi. Shu nuqtayi nazardan, ta’kidlanganidek, BMT Bosh Assambleyasining tarixiy muhim rezolyutsiyasi – “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash”ning qabul qilinishi Markaziy Osiyoda hamkorlikni rivojlantirish xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlanayotganining tasdig‘i hisoblanadi.

Tomonlar mintaqaviy xarakterdagi ba’zi muammolarni ham ko‘rib chiqdilar.

Suhbatda 2019-yil Toshkent shahrida yetakchi xalqaro tadqiqot markazlari ishtirokida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Markaziy Osiyo: mintaqaviy hamkorlikning yangi imkoniyatlari va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro konferensiya kun tartibi borasida fikr almashildi.

www.mfa.uz