Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BMT INSON HUQUQLARI BO‘YICHA OLIY KOMISSARI O‘ZBEKISTONGA KELADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BMT INSON HUQUQLARI BO‘YICHA OLIY KOMISSARI O‘ZBEKISTONGA KELADI

2017-yil 10-12-may kunlari BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Raad al-Husayn boshchiligidagi BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston bilan BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan yo‘nalishlarda kelgusidagi aloqalarni muhokama etishdan iborat.

Zayd Raad al-Husayn BMTning Inson huquqlari bo‘yicha yettinchi oliy komissaridir. U AQShning Jons Xopkins universitetida gumanitar fanlar bakalavri va Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetida falsafa doktori darajasini olgan. Diplomatiya sohasida yigirma yillik tajribaga ega.

2014-yilda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari etib tayinlangan va ushbu lavozimdagi ilk Osiyo vakilidir. Bungacha Zayd Raad al-Husayn BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qilgan. BMT oliy komissari sifatida 24 mamlakatga tashrif buyurgan.

Zayd Raad al-Husayn xalqaro huquq, xalqaro jinoiy sudlov, tinchlikparvarlik operatsiyalarini amalga oshirish va yadroviy terrorizmga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha mutaxassis hisoblanadi. Xalqaro jinoyat sudini ta’sis etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish, genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar elementlarini aniqlash ishlarida ishtirok etgan. Arab, ingliz va fransuz tillarini biladi.

Zayd Raad al-Husayn Iroq va Suriyadagi jangovar harakatlar hududlaridagi gumanitar ahvol, shuningdek, Venesuela, Ukraina, G‘azo sektori va Afrikaning qator mamlakatlaridagi vaziyat bilan bog‘liq masalalarni hal etishni o‘zining asosiy vazifalari sifatida belgilagan.

Zayd Raad al-Husayn mamlakatimizga tashrifi davomida ommaviy axborot vositalari vakillariga intervyu berishi va tashrif yakunlari bo‘yicha Xalqaro press-klubda jurnalistlar oldida chiqish qilishi kutilmoqda.

O‘zA