Birinchi slide Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BMT Oʻzbekistondagi barcha islohot va yangilanishlar dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydi

2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili 2017 - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi - 2016 O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar Press-relizlar Press-relizlar O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi O`zbеkistоning IHT TIVKga raisligi BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) XMT doirasidagi xamkorlik (ILO) "MAQOM" xalqaro festivali "MAQOM" xalqaro festivali Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi O‘zbekiston Xalqaro Paxta Yarmarkasi Sayyohlik Sayyohlik Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari
hamma resurslarni ko'rsatish
BMT Oʻzbekistondagi barcha islohot va yangilanishlar dasturlarini qoʻllab-quvvatlaydi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, BMTning Jeneva shahridagi boʻlinmasi bosh direktori Maykl Myoller Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvdan soʻng OʻzA muxbiriga mamlakatimizda inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar haqidagi fikrlarini bildirdi.

Inson huquqlarini taʼminlash sohasidagi barcha chora-tadbirlar dolzarb va bugungi kunning bosh mavzusidir. Bu masalalarni hal etish uchun xalqaro darajada Barqaror taraqqiyot maqsadlarini belgilab olganimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining yutugʻidir. Ushbu keng miqyosli dasturning maqsadi zamonamizning dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan. Shu maʼnoda, biz Oʻzbekistonning ham mamlakat darajasida, ham mintaqaviy yondashuv doirasida amalga oshirayotgan tashabbuslarini qizgʻin qoʻllab-quvvatlaymiz. Biz Oʻzbekistonda Barqaror taraqqiyot maqsadlarini roʻyobga chiqarishda koʻmaklashishga intilamiz. Buning natijasi yangidan ishlab chiqilayotgan “yoʻl xaritasi“da aks ettirilishi kerak.

BMT Oʻzbekistonda barcha islohotlar, yangilanishlar va dasturlarni amalga oshirishga toʻliq tayyor ekanini bildiradi. Albatta, yurtingizda roʻyobga chiqarilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarni oʻrganish, nafaqat oʻrganish, balki Oʻzbekistonning ijobiy tajribasi sifatida boshqa mamlakatlar oʻrtasida ommalashtirish muhim ahamiyatga ega. Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan, shuningdek, mamlakatingizning qator tashkilotlarida oʻtkazilgan muzokaralar samarali boʻlgani buni yana bir karra tasdiqlaydi.

Samarqandda ilk bor tashkil etilayotgan Osiyo forumi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bagʻishlangani bilan ahamiyatli. Ushbu forum Oʻzbekistonning inson huquqlarini taʼminlash, ularni lozim darajada roʻyobga chiqarish uchun shart-sharoit yaratish naqadar muhim ekanini teran tushunishini yaqqol ifodalaydi. Forum nafaqat mamlakat, balki mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega.

Ushbu muhim tadbir Oʻzbekistonda oʻtkazilayotganini biz qadrlaymiz va toʻla qoʻllab-quvvatlaymiz. Mamlakatingiz rahbariyati huquq va erkinliklarni lozim darajada taʼminlash boʻyicha izchil ishlarni davom ettirayotgani ham bundan dalolat beradi.

Oʻylaymizki, bu Oʻzbekistonda davlat va jamiyatni modernizatsiya qilish doirasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarning mantiqiy davomidir. Jahonda hukm surayotgan bugungi tahlikali sharoitda ushbu yuqori darajadagi forumning oʻtkazilishi nafaqat Oʻzbekiston, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

www.uza.uz