Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BMT: O’ZBEKISTONDA YOSHLAR TURMUSH TARZINI YUKSALTIRISHGA KATTA E’TIBOR QARATILMOQDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BMT: O'ZBEKISTONDA YOSHLAR TURMUSH TARZINI YUKSALTIRISHGA KATTA E'TIBOR QARATILMOQDA

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi bosh ofisida Bosh Assambleyaning 70-sessiyasi bo’lib o’tdi. Unda mamlakatimizda yoshlar turmush tarzini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida rasmiy axborot tarqatildi.

Tashkilotning 6 ta rasmiy tilida chop etilgan materialda respublikada mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab amalga oshirilayotgan eng muhim islohotlar, demokratik davlat va jamiyat qurishga qaratilgan siyosatning ijtimoiy yo’naltirilgani bilan alohida ajralib turganligi qayd qilindi.

“Bugun O’zbekiston aholisining 60%ini yoshlar tashkil etadi. Shu sababli mamlakatning barcha sohasida yosh avlodni tarbiyalash va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish birinchi vazifa sanaladi. Mamlakatning mustahkam huquqiy negizi Konstitutsiyasi doirasida amalga oshiriladi. 1991-yil 20-noyabrda qabul qilingan “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi Qonuni yosh avlodning respublikaning davlat siyotatidagi munosib o’rnini belgilashda muhim omil bo’lib xizmat qildi”, - deya alohida urg’u beriladi hujjatda.

Bundan tashqari, O’zbekistondagi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ahamiyati va ko’lami bo’yicha dunyoda o’xshashi yo’qligi xalqaro mutaxassislar tomonidan ta’kidlandi.

2014-yil 6-fevral kuni “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Qarori qonunning mantiqiy davomi bo’ldi.

Shu bilan birga O’zbekistonning har yilgi ijtimoiy yo’nalishini e’lon qilishning maxsus davlat dasturi ishlab chiqilgan. Xususan, 2008-yil Yoshlar yili, 2010-yil Barkamol avlod yili, 2014-yil Sog’lom bola yili hamda 2016-yil Sog’lom ona va bolalar yili deb e’lon qilinishi bunga dalildir. “ Bu yosh avlod uchun porloq kelajak yaratish yo’lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatdan dalolat beradi. O’zbekistonda olib borilayotgan “Sog’lom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish uchun 7trln. so’mdan ortiq mablag’ taqdim qilindi”, - deyiladi hujjatda.

Dunyo bo’ylab eng yuqori uzluksiz ta’lim va barkamol yosh avlodni tarbiyalashning milliy modeli mamlakatimiz tomonidan qabul qilingani qayd etildi. Ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro tajribada ishlab chiqilgan ta’lim standartlari, o’quv dasturlari va darsliklarning talabga javob berilishi aytib o’tildi. Keng ilg’or pedagogik texnologiyalar va interfaol o’qitish usullari joriy etildi. Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar mustaqillik yillarida MDH mamlakatlarida yagona ta’lim turini yaratdi. Yoshlarning har tomonlama ijodiy rivojlanishi uchun iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ma’naviy-axloqiy barcha tarmoqlarida yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashda ta’lim-tadqiqot va ishlab chiqarishga yo’naltirilgan noyob yagona ta’lim tizimini shakllantirish imkonini berdi.

Shu bilan birga, hujjatda mamlakatda yoshlar uchun har yili yaratiladigan minglab yangi ish o’rinlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan e’tibor alohida ta’kidlandi. O’tgan yili faqat O’zbekistonda 990, 4 ming yangi ish o’rni yaratildi va 90%dan ortiq yoshlar mutaxassislik ishi bilan ta’minlandi.

Bu sohada Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat sub’yektlari, shu jumladan, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla” jamoat xayriya fondi, Xalqaro nodavlat xayriya jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog’lom avlod uchun” va “Iste’dod” fondlari va boshqalar o’rtasida kengayib borayotgan ijtimoiy sherikligi ishlarning unumdorligini oshiradi.

Bundan tashqari, bolalar sportini rivojlantirish bilan bog’liq keng ko’lamli ishlar yosh avlod tarbiyasida, jismonan sog’lom va ma’nan yetuk insonlar bo’lib ulg’ayishida yordam beradi.

“O’zbekistonda 2005-yilda 6-15 yoshli bolalar va o’smirlarning 30 %i sport bilan shug’ullangan bo’lsa, 2015 yilda bu raqamlar 57,2 % dan 56 foizga yetdi. Bu sohani riqojlantirish orqali O’zbekiston sportchilari xalqaro maydonda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar”,- deyiladi hujjatda.

Mamlakatda yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash uchun katta e’tibor qaratilmoqda, deb alohida urg’u beriladi. O’zbekiston Respublikasining Prezidentining “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni asosida uzoq muddatli imtiyozli kreditlarga uylar taqdim qilinmoqda. O’tgan ikki yil mobaynida “Kamolot” tomonidan yosh oilalarga 57ta ko’pqavatli uylardan 2080 xona, minglab yosh o’g’il va qizlarga imtiyozli ipoteka va iste’mol kreditlari topshirildi.

“Umuman olganda, -deyiladi hujjatda, - O’zbekistonda bunday murakkab va ko’p qirrali qo’llab-quvvatlashlar barcha yoshlar uchun taqdim etiladi”. Bundan tashqari, Prezidentimizning yoshlarga aytgan so’zlari, yoshlar - nafaqat davlatning umidi va kelajagi, balki bugungi va ertangi kunnig hal qiluvchi kuchidir.

“Jahon” AA, Nyu-York