BMT XALQARO HAMJAMIYATNI O’ZBEKISTONDA DAVLAT DASTURINING AMALGA OSHIRILISHI BILAN TANISHTIRDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida O’zbekistonda Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi bajarilishining borishi haqidagi ma’lumot Bosh Assambleya 71-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi.
Hujjatda olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama hamda jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiya qilish, hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida joriy yilda O’zbekistonda 2017-2021 yillarda respublikani rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilingani aytiladi.
“Harakatlar strategiyasi besh bosqichda, mamlakatda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib, har bir yil bo’yicha davlat dasturlari qabul qilinishini nazarda tutgan holda amalga oshiriladi, - deyiladi Bosh Assambleya 71-sessiyasining rasmiy hujjatida. - Unda davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo, davlat xizmati tizimini isloh qilish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat va xususiy tarmoq o’rtasidagi o’zaro manfaatli hamkorlikning zamonaviy shakllarini hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish masalalari rejalashtirilgan”.
Bundan tashqari, tarqatilgan ma’lumotda xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash davlat dasturining eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri bo’lgani hamda shu munosabat bilan unda jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, jamiyat hayotida mahallaning tutgan o’rnini kuchaytirish masalalarining belgilangani ta’kidlanadi.
Harakatlar strategiyasi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturini amalga oshirish maqsadida jamoat va davlat tashkilotlarining tashabbusi bo’yicha O’zbekiston Prezidentining qaroriga ko’ra Toshkent shahrida Taraqqiyot strategiyasi markazi tashkil etilgani alohida qayd etiladi.
Hujjatda shuningdek, davlat dasturiga kiritilgan tadbirlar to’liq, o’z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan beshta yo’nalishni amalga oshirish bo’yicha tashkil etilgan komissiyalar zimmasiga yuklatilganiga e’tibor qaratiladi. Mazkur komissiyalarga nafaqat belgilangan tadbirlarni bajarish, balki Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo’yicha tegishli yillik davlat dasturlari loyihalarini bevosita tayyorlash vazifasi ham topshirilgani aytiladi.
Shu bilan birga, hujjatda Harakatlar strategiyasini hayotga tatbiq etish O’zbekistonning mamlakatda islohotlarni rivojlantirish va uni modernizatsiyalash, huquqiy demokratik davlat barpo etish yo’lidagi jadal harakatiga kuchli turtki bo’lishi alohida qayd etiladi.
“Jahon” AA, Nyu-York