BMTda O‘zbekistonning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlari bilan tanishishdi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yaqinda O‘zbekistonda gender tengligini qo‘llab-quvvatlash, bolalar huquqlarini himoya qilish va yoshlar manfaatini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqidagi ma’lumot BMT Bosh Assambleyasi rasmiy hujjati sifatida tashkilotning 6 ta tilida tarqatildi.
Hujjatga mamlakatimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ular uchun ko‘plab sohalarda zarur sharoitlarni yaratish hamda huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, oila institutini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasidagi muhim ko‘rsatkichlar kiritilgan.
Unda ta’kidlanganidek, so‘nggi yil davomida O‘zbekistonda xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini olg‘a surishga xizmat qiluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
BMT ma’lumotida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Bundan tashqari, global tashkilot hujjatida yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatiga yuqori baho berilgan. “Yetuk yosh avlodni shakllantirish, bolalarning aql-zakovatli, jismonan va ma’nan baquvvat bo‘lib voyaga yetishi uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratish inson huquq va erkinliklari bo‘yicha siyosatning ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi”. Shu o‘rinda, BMTning bolalar huquqlari bo‘yicha Konvensiyasi ijrosi asnosida mamlakatda “Bolalar huquqlari kafolatlari” hamda “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilinganiga e’tibor qaratilgan.
BMT Bosh Assambleyasida tarqatilgan ma’lumotda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgani va 30 iyun mamlakatda Yoshlar kuni, deb e’lon qilingani, shuningdek, yangi tashkilotning davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligini ta’minlovchi tuzilmaga aylantirilganiga alohida urg‘u berilgan.
“Dunyo” AA