BO‘LAJAK O‘ZBEKISTON-MO‘G‘ULISTON SIYOSIY MASLAHATLASHUVLARIGA DOIR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2019-yilning 10-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish uchun Mo‘g‘uliston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Batmunx Batsetseg boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi.
O‘zbekistonga tashrifi doirasida Mo‘g‘uliston delegatsiyasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi bilan ham muzokalar o‘tkazadi.