Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BOBUR MEROSI “BALTIC NEWS SERVICE” NIGOHIDA

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BOBUR MEROSI “BALTIC NEWS SERVICE” NIGOHIDA

“Baltic News Service” - Boltiqbo’yi axborot xizmati agentligi o’z veb-sahifasida ulug’ shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag’ishlangan maqolani o’z o’quvchilarining e’tiboriga havola qildi.

Agentlik Boburning hayoti va ijodi haqida atroflicha hikoya qilgan. “Bobur asarlari odamlarning dini, millati va yoshi qandayligidan qat’iy nazar ularning barchasini yaxshilikka da’vat etadi. Uning ko’plab asarlari o’nlab boshqa xalqlar tillariga tarjima qilinmoqda. Bobur o’zidan bebaho ilmiy merosni ham qoldirgan. U12 yoshida Farg’ona hukmdori, 1526 yilda esa uch asrdan ko’proq yashagan markazlashgan Hindiston davlatini barpo etgan. O’z hukmronligi davrida ko’plab samarali islohotlarni amalga oshirdi. Jumladan, Agra, Dehli singari shaharlarni barpo etdi, Jamna daryosi qirg’oqlarida saroylar barpo etdi, soliqlarni qisqartirdi, suv ta’minoti tizimini takomillashtirdi”, deb yozadi agentlik.

Ma’lumki, dunyo olimlarining e’tirof etishlaricha, jahon tarixida insonparvarligi, ilmi va dunyoqarashi kengligi jihatidan Boburga tenglasha oladigan hukmdorlar sanoqlidir. Uning merosi o’sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

“O’zbek va dunyo olimlari olib borgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijasida buyuk ma’rifatparvarning ko’plab ijod namunalaridan olingan nusxalar O’zbekistonga keltirildi, “Boburnoma asariga miniatyuralar” albomi, shoh va shoirning “Aruz haqida qaydlar” kitobi va yana boshqa ko’plab asarlari nashr qilindi”. Maqolaning xulosa qismida O’zbekistonning mustaqillikka erishgani Zahiriddin Muhammad Bobur merosini chuqur o’rganish va ular dunyo merosi qatoridan joy olishida katta ahamiyat kasb etgani alohida ta’kidlanadi.

“Jahon” AA, Riga