BOKSCHILARIMIZ XALQARO TURNIR G‘OLIBI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Boks bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda 2 oltin, 1 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Vazni 91 kilogramm bo‘lgan bokschilar bahsida ishtirok etgan Jamshid Muhammadaliyev finalda qirg‘izistonlik Ilyos Niyozovga qarshi ringga ko‘tarildi. Bokschimiz ushbu jangda raqibiga aniq zarbalar yo‘llab, g‘alaba qozondi.
O‘ta og‘ir vazn toifasida qatnashgan Lazizbek Mullajonov hal qiluvchi bahsda rossiyalik Dmitriy Kulikka qarshi maydonga tushdi. Lazizbekning kuchli zarbalarini o‘tkazib yuborgan Dmitriy birinchi raunddayoq o‘z mag‘lubiyatini tan oldi.
Temur Ergashev kumush medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Zoirjon Jumanazarov va Asadbek Shodiyev bronza medalga sazovor bo‘ldi.
O’zA