BOKSCHILARIMIZ XALQARO TURNIR G‘OLIBI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Latviyaning Riga shahrida o‘tkazilgan "Riga Open – 2016" xalqaro turnirida 4 oltin va 1 kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Dunyoning o‘ndan ziyod mamlakatidan 150 ga yaqin bokschi g‘oliblik uchun kurash olib borgan turnirda mamlakatimiz sharafini Sirojiddin G‘ulomjonov, Abdulhay Shorahmatov, Elnur Abduraimov, Mahmud G‘oipov va Bahodir Jalolov himoya qildi.
56 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan Abdulhay Shorahmatov finalda latviyalik Nikita Androshuksni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, 64 kilogramm vaznda Elnur Abduraimov o‘zining tezkor va aniq zarbalari bilan rossiyalik Anatoliy Zirnov ustidan zafar quchdi.
Vazni 75 kilogramm bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi final bellashuvida Mahmud G‘oipov belaruslik Ilyas Adzinevni yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
91 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi final bahsida Bahodir Jalolov mezbon Evandres Servuts bilan raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan jangda mahoratli bokschimizning qo‘li baland kelib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy egalladi.
52 kilogramm vaznda Sirojiddin G‘ulomjonov kumush medalga sazovor bo‘ldi.
O‘zining yuksak texnika va mustahkam himoyasiga ega bo‘lgan iqtidorli bokschimiz Elnur Abduraimov mutaxassislar tomonidan "Riga Open – 2016" turnirining “Eng yaxshi bokschisi” deya e’tirof etildi.
O’zA