BOKSCHILARIMIZNING BARCHASI SHOHSUPADA!
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Tailand poytaxti Bangkok shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha "Qirol kubogi – 2017" xalqaro turnirida terma jamoamiz a’zolari 1 oltin, 3 kumush va 3 bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Nufuzli turnirning vazni 75 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida qatnashgan Isroil Madrimov tailandlik Yutxapong Skadon, Xitoy taypeyilik Kan Chia Vey, tailandlik Tiraponga Deye va finalda kubalik Osley Iglesias Estradani mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
O‘z vazn toifasida finalgacha bo‘lgan janglarda g‘alaba qozongan Hasanboy Do‘stmatov va Shahram G‘iyosov murabbiylar qaroriga ko‘ra, hal qiluvchi bellashuvlarda qatnashmadi va kumush medalga sazovor bo‘ldi. Yana bir bokschimiz Elnur Abduraimov ham o‘z vazn toifasida ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Jasurbek Latipov, Shahobiddin Zoirov va Murodjon Ahmadaliyev uchinchi bo‘ldi.
O’zA