Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BOLALAR O’LIMI VA KAM OVQATLANISHNING QISQARISHI JAMIYAT TARAQQIYOTINING KAFOLATI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BOLALAR O'LIMI VA KAM OVQATLANISHNING QISQARISHI JAMIYAT TARAQQIYOTINING KAFOLATI

Mamlakatimizda 2002-2013-yillarda besh yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi har mingta yangi tug’ilgan bolalarda 24,2 foizdan 12 foizga qisqardi. Bu haqida O’zbekistonda BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishish bo’yicha qilingan maruzada ta’kidlanadi.

Bolalar o’limining qisqarishi bo’yicha erishilgan ijobiy natijalar tug’uriq davrida bolalar o’limi, immunizatsiya, bolalar kasalliklarini integratsiyalashgan holda nazorat qilish kabi sohalarda zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish imkonini berdi.

Besh yoshgacha bo’lgan bolalar kam vaznliligi 2001-yilda 3,8 foizdan 2013-yilda 1,6 foizga kamaydi. Bu aholi ovqatlanish tarkibining yaxshilanganidan dalolat beradi. Xususan, o’tgan davr mobaynida o’rtacha go’sht iste’moli 2 marta, sut va sut mahsulotlari 1,75 marta, sabzavotlar 2,5 marta va mevalar 3,8 marta ortdi.

Birinchi tibbiy yordam sifati tubdan yaxshilandi. 3210 ta qishloq vrachlik punktlarini modernizatsiya ishlarini amalga oshirish aholining to’laqonli ravishda sifatli tibbiy xizmatga ega bo’lish imkonini berdi. Bundan tashqari, ilmiy tadqiqot institutlari bazasi asosiga 10 ta respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari barpo qilinganini alohida ta’kidlab o’tish lozim.

1992-yildan buyon Milliy immunizatsiya dasturi muvafaqqiyatli amalga oshirib kelinmoqda. 2001-2013-yillar davomida Immunizatsiya davlat dasturini moliyalash uchun davlat budjetidan ajratilayotgan mablag’ miqdori 23 foizdan 90 foizga oshdi.

Aholini yodlangan tuz bilan ta’minlash ko’rsatkichi ham zeilarli darajada yaxshilandi. 2002-yilda yodlangan tuz bilan ta’minlash darajasi 8 % dan 2012-yilda 64 % ga o’sdi. Bu aholi o’rtasida yod tanqisligi bilan kasallanish darajasini keskin kamayishiga olib keladi. Temir moddasi va folat kislotasi tanqisligi sabali kelib chiquvchi kasalliklar, hamda mikrooziqlantiruvchilar va vitaminlar tanqisligiga barham berish maqsadida un va un mahsulotlarini fortifikatsiya qilish bo’yicha Milliy dastur ishlab chiqildi. Mazkur chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm va Farg’ona viloyatlarida besh yoshgacha bo’lgan bolalar kamqonligi 66,6 % dan 32,9 % ga qisqardi.

“Jahon” AA