BOLALAR UCHUN YANGI FILM
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Milliy matbuot markazida “Cho‘l ertagi-2” ekologik multiplikatsion filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Ekologik harakati, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “Ekomaktab” nodavlat notijorat tashkiloti, Sergeli tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazi hamkorligida tashkil etildi.
Mamlakatimizda atrof-muhit barqarorligini asrash, unga salbiy ta’sirlar yetkazilishining oldini olish, yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvon turlarini muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bolalar uchun mo‘ljallab o‘zbek, rus va ingliz tillarida yaratilgan “Cho‘l ertagi-2” multfilmi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan noyob jonivor – sayg‘oqlarni asrashga bag‘ishlangani bilan ahamiyatlidir.
So‘nggi yillarda dunyo bo‘yicha sayg‘oqlar soni keskin kamayib bormoqda. Mamlakatimizda sayg‘oqlar har qishda keladigan yagona hudud Ustyurt platosidir. Bu jonivorlarni asrash yo‘lida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ular kamayib ketishining oldini olish, Qoraqalpog‘iston cho‘l ekotizimlarini saqlash, hududda yashaydigan aholining turmush darajasini yaxshilash maqsadida “Sayg‘oq” qo‘riqxonasi tashkil etilgan.
– Ushbu filmni yaratish uchun “Tasviriy san’at va dizayn” to‘garagimizning yosh a’zolari besh yuzdan ziyod rasm taqdim etdi, – deydi Sergeli tumani “Barkamol avlod” bolalar ijodiyot markazi to‘garak rahbari Sayfiddin Ikromov. – Eng yaxshi ijodiy ishlar saralanib, filmni suratga olishda foydalanildi. “Cho‘l ertagi-1” filmini tomosha qilgan bolalar uning 2-qismida kichkina sayg‘oqning sarguzashtlariga guvoh bo‘ladi. Shuningdek, filmda inson va tabiat munosabatlari uyg‘unligi, tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, atrof-muhitni asrab-avaylash masalalari tasvirlangan.
O’zA