BOLALARGA ALOHIDA E’TIBOR
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Koreya Respublikasining Inxa universiteti gospitali prezidenti Kim Yong Mo rahbarligidagi delegatsiya mamlakatimizga keldi. Ular o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadi.
Ushbu aksiya «Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi va uning hamkorlari tomonidan aholi salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar doirasida o‘tkazilmoqda.
Xorijiy mamlakatlar tibbiyot muassasalari shifokorlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan tibbiy ko‘rik va jarrohlik amaliyotlari bolalar salomatligini yanada mustahkamlash va tajriba almashishda muhim omil bo‘lmoqda. Jumladan, bemor bolalar «Friedensdorf International» xalqaro tashkiloti (Germaniya), «Save the Children» xalqaro fondi, KOFIH fondi ko‘magida «Ewha Womans University» va Janubiy Koreyaning Inxa universiteti gospitallarida davolanmoqda.
Joriy yilda tibbiy ko‘riklar fondning tibbiy-ijtimoiy markazida boshlandi. Ikki kun davomida yuqori malakali nefrolog, pediatr, oftalmolog, gastroenterolog, ortoped, neyrojarroh va boshqa mutaxassislar tomonidan o‘nlab bolalar tekshiruvdan o‘tkaziladi. So‘ngra aksiya Toshkent va Navoiy viloyatlarida davom ettiriladi. Aksiya natijalariga ko‘ra, jarrohlik yordamiga muhtoj bemorlar mamlakatimiz va Janubiy Koreya klinikalarida davolanadi.
– Gospitalimiz «Sog‘lom avlod uchun» fondi bilan 2011-yildan buyon hamkorlik qilib keladi, – deydi Inxa universiteti gospitali prezidenti Kim Yong Mo. – 2014-yil iyun oyida Toshkent shahri va viloyatlarda o‘tkazilgan shunday aksiya doirasida mingdan ziyod kishi qamrab olingan edi. Shuningdek, ularga zarur dori-darmonlar bepul tarqatildi. Joriy yilda aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdan tashqari, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ortopediya va travmatologiya bo‘limida ortopedik jarrohlik operatsiyalari ham o‘tkazilmoqda. O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan munosabatlarimiz mustahkamlanayotganidan, onalik va bolalikni muhofaza qilishdek olijanob ishga hissa qo‘shayotganimizdan xursandmiz.
Ta’kidlash joizki, 2012-yilda «Sog‘lom avlod uchun» fondi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Inxa universiteti gospitali o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi uch tomonlama shartnoma imzolangan edi. Shuningdek, fond Toshkent tibbiyot akademiyasi va Inxa universiteti gospitali bilan hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan.
O‘zA