Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Bosh prokuratura: Tezkor-qidiruv va tergov tadbirlarida fosh etilmagan jinoyatlarga e’tibor qaratildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Bosh prokuratura: Tezkor-qidiruv va tergov tadbirlarida fosh etilmagan jinoyatlarga e'tibor qaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda jinoyatlarni fosh etish yuzasidan tezkor-qidiruv va tergov tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirildi.

Xususan, tizimli ravishda tezkor-qidiruv faoliyatining holati, hududlar kesimida jinoyatlarni fosh etish masalalari muhokama qilinib, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining bu boradagi faoliyatiga tanqidiy baho berilgan hisobotlari tinglanmoqda.

Bosh prokuror va ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosarlari rahbarligida joylarda amaliy yordam ko‘rsatish uchun Bosh prokuratura va IIV xodimlari tarkibidan doimiy faoliyat yuritadigan shtab va ishchi guruhlar, shuningdek jinoyatlarni tezkor fosh etish bo‘yicha hududiy ishchi guruhlar tuzildi.

Prokuror va IIB boshlig‘ining har bir fosh etilmagan jinoyat bo‘yicha hodisa joyiga chiqish tartibi joriy etildi.

Viloyat prokuraturasi apparatlarida jinoyat sodir etgan shaxs aniqlanmaganligi munosabati bilan to‘xtatish rejalashtirilgan jinoyat ishlarini o‘rganish, shuningdek, mas’ul xodimlarning tergov harakatlari natijalari va mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari to‘g‘risidagi hisobotlarini muhokama qilish tartibi joriy etildi.

Tergov-qidiruv tadbirlarini faollashtirish bo‘yicha 13 ming 648 yozma ko‘rsatma va 21 ming 616 alohida topshiriq yuborildi.

Qidiruvda bo‘lgan shaxslarning qarindoshlariga ixtiyoriy ravishda kelish hollarida ehtiyot chorasini o‘zgartirish imkoniyati to‘g‘risida tushuntirish tadbirlari o‘tkazilib, buning natijasida qidiruvda bo‘lgan 311 shaxs bilan aloqa o‘rnatildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida:

Joriy yilning 5 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyatlarning umumiy soni 12.171 taga yoki 30,4 foizga kamaydi.

O‘tgan yillardagi jinoyatlarni hisobga olgan holda, joriy yilning 5 oyida 12 ming 179 fosh etilmagan jinoyat bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilindi.

2018 yilda ro‘yxatga olingan 3 ming 737 fosh etilmagan jinoyatlardan 1 ming 759 tasi fosh etildi.

O‘tgan yillarda jinoyat sodir etganlik uchun qidirilayotgan 834 nafar shaxs qo‘lga olingan, 802 tasi jinoiy ish sudlarga yuborildi.

2019 yilda ro‘yxatga olingan 12 ming 171 jinoyatdan 11 ming 906 tasi yoki 97,8 foizi fosh etilib, joriy yilda fosh qilinmagan jinoyatlar soni (265) 2018 yilga (1 ming 26) nisbatan 74,1 foizga kamaydi.

Jinoyat sodir etgan 130 nafar shaxsning xorijiy davlatlardan ekstraditsiyasi ta’minlandi.

Joriy yilda sodir etilgan qotillik, bosqinchilik, nomusga tegish jinoyatlarini “issiq izlar” bo‘yicha o‘z vaqtida fosh etilishi ta’minlanmoqda. Jumladan, Qamashi va Chiroqchi tumanlarida xususiy uylarga niqoblarda kirib, bosqinchilikni amalga oshirishga daxldor bo‘lgan 5 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Yoki Bekobod shahrida axlat yig‘ish punkti hududida 2019 yil 22 may kuni o‘ldirilgan fuqaro R.M.ning shaxsi aniqlanib, qotillik fosh etildi. Narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 1 ming 69 jinoyat aniqlandi. 258,5 kg. giyohvandlik moddalari musodara qilindi.
135 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslarning turar joyi aniqlandi, shuningdek 31 nafar noma’lum murdaning shaxsi o‘rnatildi.

Xorijiy valyuta mablag‘larining noqonuniy aylanishiga oid 312 fakt aniqlandi, bu 2018 yilga (187) nisbatan 66,8 foizga ko‘pni tashkil qiladi.

Yil boshidan buyon 2 million AQSh dollaridan ortiq, 3,2 milliard so‘m va 435 million so‘mga teng boshqa chet yel valyutasi noqonuniy muomaladan chiqarildi.

Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

O‘zA