BOSH VAZIR NAVOZ SHARIFNING O’ZBEKISTONGA TASHRIFI POKISTON OAV NIGOHIDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Pokistonning “PTV-News”, “ARY-News”, “Geo-News”, “AAJ-News” davlat telekanallari va mahalliy ingliz tilida chop etiladigan “The News”, “Daily Times”, “Pakistan Today”, “Pakistan Observer”, “Business Recorder”, “Pakistan Telegraph”, “Daily Pakistan”, “Daily Express” singari gazetalari 17-18 noyabr kunlari Pokiston Bosh vaziri Navoz Sharifning O’zbekistonga rasmiy tashrifi natijalari haqida xabar bermoqda.
Pokiston ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko’ra, ikki mamlakat o’rtasida terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha hamkorlikni mustahkamlash va o’zaro savdo aloqalarini rivojlantirish hamda mintaqaviy transport va kommunikatsiya sohasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Ikki tomonlama hujjatlar imzolash marosimidan so’ng O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri jurnalistlar oldida nutq so’zladilar. Mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarning ijobiy holati mamnuniyat bilan qayd etildi va o’zaro manfaatli hamkorlik salohiyatidan to’liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Pokiston nashrlarining e’tirof etishicha, O’zbekiston va Pokistonni bir biriga yaqin bo’lgan madaniyat va azaliy urf-odatlar bog’lab turadi. Shu nuqtayi nazardan, Pokiston rahbari aloqalarning faol holatini saqlab qolish va barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashning muhimligini ta’kidlab o’tdi.
Materiallarda Pokiston dengiz portlari orqali O’zbekiston uchun dunyo okeaniga chiqish imkonini beruvchi eng qisqa yo’l marshrutini ta’minlash imkoniyatining mavjudligi va mamlakatlarimizning noyob geografik joylashuvi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning yangi istiqbollarini ochib berishi alohida qayd etilgan.
Pokiston matbuoti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining bayonotida ta’kidlagan “O’tkazilgan uchrashuvlar va ikki tomonlama imzolangan hujjatlar davlatlararo manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qo’shimcha turtki beradi” so’zlaridan iqtibos keltirib o’tadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mintaqadagi barqarorlik bevosita Afg’onistonda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlanishi bilan bog’liq ekanligini ta’kidladi.
Pokiston OAV ning xabar berishicha, mazkur tashrif ikki davlat o’rtasidagi oliy darajadagi muntazam muloqotlar doirasida amalga oshirildi. O’zbekiston va Pokiston o’rtasidagi aloqalar ko’plab sohalarda olib borilayotgan yaqin hamkorlik bilan ifodalanadi. Mamlakatlarimiz mintaqaviy va xalqaro masalalarga o’xshash qarashlarga ega hamda Birlashgan millatlar tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti singari xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida hamkorlik qilib kelmoqda.
Ta’kidlanishicha, Islomobod Markaziy Osiyo davlatlari bilan azaliy tarixiy rishtalarga alohida ahamiyat beradi va savdo, madaniyat hamda sayyohlik sohalarida o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga intiladi. Navoz Sharifning O’zbekistonga tashrifi Pokistonning mamlakatimiz bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash tarafdori ekanligining dalili hisoblanadi.
Tashrif yakunida Qo’shma bayonot hamda ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolandi, deya xulosa qiladi Pokiston nashrlari.
“Jahon” АА, Islomobod