Botanika bog’ida Xalqaro qushlar kuni nishonlandi
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Qushlar kuniga bag’ishlangan mazkur tadbir O’zbekiston qushlarni himoya qilish jamiyati tomonidan o’tkazildi, deya xabar beradi Uzbekistan Today agentligi.
Tadbirning 200 nafardan ortiq mehmoni O’zbekiston hududida yashovchi turli qushlar haqidagi ko’plab yangiliklardan boxabar bo’ldi. Shuningdek, ular interaktiv o’yinlar va ornitologik (parrandashunoslikka oid) ekskursiyada ham ishtirok etishdi.
Xalqaro qushlar kuni bayrami doirasida o’tkazilgan interaktiv o’yinlardagi qiziqarli vazifalardan biri kim qancha ko’p qushlarning nomini eslab qolish bo’ldi. Plakatning bir tomonida O’zbekistondagi qushlarning 100 turi tasvirlangan bo’lib, ularning nomlanishi ko’rsatildi. Plakatning orqa tomonida esa faqat qushlarning o’zi tasvirlangan edi. Ishtirokchining vazifasi tasvirlangan qushlarning barchasini ko’rib, ularning nomlanishini eslab qolishi bilanoq, plakatning orqa tarafiga o’tib, ularni rasmiga qarab qanday nomlanishini aytib berish edi. Eng ko’p qushlar nomini keltirgan qatnashchiga sovg’a berildi.
“Jahon” AA