Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BRAYL SHRIFTLI SAYLOV BYULLETENLARI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BRAYL SHRIFTLI SAYLOV BYULLETENLARI

Sanoqli kunlardan keyin mamlakatimizda Prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlangan kundan e’tiboran mazkur siyosiy jarayonga tashkiliy-huquqiy va moddiy-texnik jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 14 saylov okrugi tuzilgan, okrug saylov komissiyalari tomonidan 9 ming 378 saylov uchastkasi tashkil etilgan. Mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida 44 saylov uchastkasi tuzilgan. Barcha uchastkalarda ona va bola, tibbiyot xonalari tashkil etilgan. Ovoz berish xonalari, qutilar, ko‘chma qutilar tayyorlangan. Uchastkalar telefon hamda internet tarmog‘iga ulangan komputer, saylovga oid qonun, yo‘riqnoma, qo‘llanma, zarur adabiyotlar, nomzodlarni tanishtiruvchi plakatlar bilan to‘liq ta’minlangan.

Mustaqilligimiz me’mori Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida o‘tgan yillarda mamlakatimizning demokratik tamoyillarga to‘liq javob beradigan xalqaro standartlarga mos milliy saylov tizimi va qonunchiligi yaratildi. Aholining davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki yil sayin ortib bormoqda.

Mamlakatimizda yaratilgan ana shunday demokratik saylovga oid qonunchilik tizimi bosqichma-bosqich takomillashtirilib borilmoqda. Bu galgi Prezident saylovi avvalgilariga nisbatan bir muncha farq qiladi. Chunonchi, saylov qonunchiligiga keyingi yillarda muayyan o‘zgartirishlar kiritildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga doir taklifnoma va saylov byulletenining yangi varianti ishlab chiqilib tarqatilmoqda. Ko‘zi ojiz fuqarolarga brayl alifbosida saylov mavzusi bo‘yicha turli risolalar chop etilayotir. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib ilk marta ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan saylov byulletenlari tayyorlanmoqda.

— Mamlakatimizda Prezident saylovini demokratik tamoyillar asosida o‘tkazish maqsadida ko‘p ishlar qilinmoqda. Ko‘zi ojizlar uchun brayl shriftli saylov byulletenining yaratilishi shulardan biri, — deydi O‘zbekiston Respublikasi ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqaruvi raisi Abduqayum Abdunabiyev. — Respublika bo‘yicha 39 mingdan ziyod ko‘zi ojiz fuqaro ro‘yxatga olingan. Barchasi saylash huquqiga ega. Ayni paytda jamiyatimiz tomonidan ular orasida joriy yilgi saylovda bo‘rtma shriftli alifbo asosida saylov byulletenlari amaliyotga tatbiq etilayotgani haqida tushuntirish-targ‘ibоt ishlari olib borilmoqda. Ilgari ham ko‘zi ojizlar saylovlarda ishtirok etar edi. O‘zimdan qiyos: o‘g‘lim bilan uchastkaga borardim. Nomzodlar haqidagi ma’lumotni o‘qib berardi. Ma’qulini aytardim. Belgilab qo‘yardi. Endi o‘zimiz o‘qib, o‘zimiz belgilash imkoniga ega bo‘ldik. Yangilikdan barcha ko‘zi ojizlar juda xursand bo‘lishmoqda. Bu yurtimizda mazkur siyosiy jarayon adolatlilik, ochiqlik, oshkoralik va transparentlik prinsiplari asosida fuqarolarning saylov huquqlariga so‘zsiz rioya qilish, saylovchilarga saylovda erkin ishtirok etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarning amaldagi ifodasidir.

Darvoqe, manbalarda brayl alifbosi haqida ma’lumotlar ko‘p uchraydi. Bo‘rtma nuqtalardan iborat mazkur shriftni XVIII asrning birinchi yarmida fransuz tiflopedagogi Lui Brayl ixtiro qilgan. Qizig‘i shundaki, Braylning o‘zi so‘qir bo‘lgan. U Parijdagi ko‘zi ojiz bolalar maktab-internatida musiqa fani o‘qituvchisi bo‘lgan. O‘z nomi bilan ataladigan va hozirgi vaqtgacha ko‘zi ojizlarning butun dunyoda qo‘llanilayotgan relyef nuqtali shriftini ishlab chiqqan.

Ixtirochi lotin alifbosidagi harflar tartibini qabul qilgan. Alifboning oldingi harflarini belgilash uchun 6 nuqtaning yuqori va o‘rta nuqtalaridan foydalangan. Keyingi harflarni belgilash uchun qo‘sh nuqtalar chapdan, so‘ng chap va o‘ngdan, undan keyin o‘ngdan qo‘ygan. Ushbu belgilar bilan o‘zbek-kirill va o‘zbek-lotin harflari ham ifodalangan. 6 nuqtaning turli holatdagi uyg‘unlashuvidan sonlar, tinish belgilari, matematika va kimyo faniga doir hamda nota belgilarini ham ifodalash mumkin.

Brayl shriftida kirill alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvida «O‘tgan kunlar», «Vafodor» singari romanlar nashr etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasidan ma’lum qilishlaricha, muayyan qonun hujjatlarning tegishli bandiga muvofiq mamlakatimizda istiqomat qilayotgan ko‘zi ojiz fuqarolar o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishi uchun saylov byulletenlari brayl alifbosi asosida zarur miqdorda o‘zbek va rus tillarida chop etilayotir. Ushbu byulleten namunasi ilovaga muvofiq shaklda tasdiqlangan. Bo‘rtma nuqtali shriftlardan iborat byulletenni tayyorlashda Toshkent qog‘oz fabrikasining matbaa ofset qog‘ozidan foydalanilmoqda va ko‘zi ojizlar bosmaxonasida chop etilayotir. Byulletenda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berilgan, uning o‘ng tomonida bo‘sh kvadratlarda chegaralari relyefli-nuqtali bo‘rtmalar orqali joylashtirilgan.

Ayni paytda ko‘zi ojiz saylovchilar uchun nashr etilgan saylov byulletenlari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, okrug saylov komissiyalariga yuborilmoqda. Uchastka saylov komissiyalari ko‘zi ojiz saylovchilar uchun saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan oladi.

"O’zbekiston ovozi" gazetasi