BRAZILIYADAN TO JANUBIY KOREYAGACHA: O’ZBEKISTON DUNYONING 80 MAMLAKATIGA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI EKSPORT QILMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Mustaqillik yillari davomida O’zbekistonda go’sht iste’mol qilish aholi jon boshiga hisoblaganda 13 marotaba, sut va sut mahsulotlari - 1,6, qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari esa 4 marotaba oshdi.
Ushbu raqamlar Milliy matbuot markazida mamlakatimiz Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi tomonidan uyushtirilgan "Istiqlol yillari: oziq-ovqat sanoatining yuksalish odimlari" mavzusiga bag’ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda taraqqiyotning “o’zbek modeli” samarasi o’laroq, yurtimiz agrar mamlakatdan sanoati rivojlangan davlatga aylangani holda aholi ehtiyoji uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarining qariyb 90 foizi yurtimizda ishlab chiqarilmoqda. Ular bugungi kunda dunyoning saksondan ortiq davlatiga eksport qilinayotir.
1990-yillargacha aholining oziq-ovqat mahsulotlari, jumladan, go’sht, sut va qandolat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyoji import hisobiga qondirilgan bo’lsa, hozir ularning 96 foizi yurtimizda tayyorlanmoqda.
Matbuot anjumanida ta’kidlanganidek, oziq-ovqat sanoati ichki va tashqi sarmoyalar uchun eng ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib qolmoqda. Ushbu tarmoqda 2008 - 2014 yillar davomida 1400 sarmoyaviy loyiha amalga oshirildi, unga 210 million AQSh dollaridan ziyod kapital mablag’lar jalb etildi. Shu bois keyingi besh yil ichida sut, go’sht, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash hissasi 1,5 - 2 baravarga oshdi, 20 mingdan ziyod yangi ish o’rinlari yaratildi.
Shuningdek, matbuot anjumanida oziq-ovqat sanoati sohasida 2015 yil rejalarining bajarilishiga doir ma’lumotlar tilga olindi. Xususan, joriy yilda mahalliy mablag’lar, bank kreditlari va to’g’ridan-to’g’ri xorij sarmoyalari hisobidan 55 million AQSh dollaridan ziyod sarmoya o’zlashtirilishi nazarda tutilgan. Joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida uning 27 million AQSh dollari o’zlashtirildi.
Hududiy sarmoyaviy dasturlarga muvofiq, bu yil joylarda 389 milliard so’m miqdoriga teng bo’lgan 983 ta loyiha amalga oshiriladi. 10575 ta yangi ish o’rinlarini yaratish rejelashtirilgan. 2015 yilning birinchi yarmida 541 loyiha hayotga tadbiq etilgani holda 4525 yangi ish o’rinlari yaratildi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalari uyushmasi raisining o’rinbosari Azmiddin Qambarov «Jahon» axborot agentligi muxbiri bilan bo’lib o’tgan muloqot chog’ida oziq-ovqat sanoati rivojlanishining o’rta muddatli istiqbolga mo’ljallangan rejalari haqida to’xtaldi.
— Yaqin besh yil ichida oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash hissasi yana 1,5 baravarga, turli konservalar ishlab chiqarish esa 2 baravarga oshadi, - dedi u. - 2020 yilga qadar 410 million AQSh dollariga teng bo’lgan 300 ta yirik loyihalar hayotga tadbiq etiladi. Ular yangi ishlab chiqarishni hamda amaldagi quvvatlarni modernizatsiyalashni ko’zda tutadi. Barcha yangi korxonalar xom ashyoni chuqur qayta ishlashga asoslangani holda innovatsiya texnologiyalari bilan jihozlanadi. Mintaqalar salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadlarda joylarda 500 million AQSh dollari miqdoridagi besh mingdan ziyod loyihalarni amalga oshirish mo’ljallanmoqda.
Import o’rnini bosadigan mahsulotlarni, o’zimizning tovarlarimiz rang-barangligini va ularning sifatini oshirish ustuvor yo’nalishlardan bo’lib qolaveradi. Bizning hisob-kitoblarimiz ko’rsatishicha, 2020 yilga borib oziq-ovqat mahsulotlari importi hajmi 80 foizga qisqaradi, eksport esa 2 barobarga oshadi.
O’z navbatida, sarmoyalar bo’limining boshlig’i Atxam Daliyev o’tgan asrning 90-yillarida O’zbekiston beshta xorijiy mamlakatga mahsulot eksport qilganini aytdi. Bugungi kunga kelib esa Made in Uzbekistan belgisi ostidagi oziq-ovqat mahsulotlari kirib borayotgan mamlakatlarning soni 80 ga yetdi. Mahsulotlarimizni import qilayotgan mamlakatlar sirasiga Braziliya, Germaniya, Latviya, Litva, Janubiy Koreya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa mamlakatlar kiradi.
— O’zbekistonning oziq-ovqat sanoati sohasidagi ulkan salohiyatini hisobga olib, ko’pgina xorijiy kompaniyalar mamlakatimizda biznesni yo’lga qo’yish yuzasidan qiziqish bildirishmoqda, - dedi A. Daliyev. - Xususan, Janubiy Koreyaning «Lotte Confectionery» kompaniyasi «Angren» maxsus industrial zonasi hududida yirik qandolatchilik fabrikasini ochishni rejalashtirmoqda. Ma’lumki, yurtimizdagi bunday zonalarda xorijlik sarmoyadorlar uchun kata imtiyoz va preferensiyalar berilgan. Bundan tashqari, Osiyo, Yevropa va Amerikadan ham O’zbekiston iqtisodiyotiga mablag’ yotqizishga intilayotgan boshqa sarmoyadorlar ham bor.
«Jahon» AA