BRITANIYA KENGASHI VAKOLATXONASI DIREKTORI: “O’ZBEKISTON MEN FAOLIYAT YURITGAN DAVLATLAR ICHIDA ENG JOZIBADOR MAMLAKAT”
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
“Jahon” axborot agentligning Londondagi shaxsiy muxbiri Britaniya Kengashining O’zbekistondagi vakolatxonasi direktori Mark Krossi bilan suhbatda bo’ldi. Intervyu chog’ida M.Krossi mamlakatimiz haqida quyidagi fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashdi:
— Mamlakatingizda ish faoliyatimni bir yil oldin boshlaganman. Shu davr mobaynida Mustaqillik bayrami arafasidagi tantanalarda ishtirok etish sharafiga muyassar bo’ldim, - dedi M.Krossi. – Toshkentda bayram munosabati bilan tashkil qilingan asosiy tantanali marosim menda iliq taassurot qoldirdi.
Yurtingizda olib borgan faoliyatim chog’ida shunga amin bo’ldimki, O’zbekiston Britaniya Kengashi vakolatxonasi direktori vazifasida faoliyat yuritgan davlatlarim ichida eng jozibador va betakror mamlakat hisoblanadi.
Ta’lim va madaniyat sohasida O’zbekiston bilan tashkilotimiz o’rtasida birgalikdagi amaliy munosabatlarning yo’lga qo’yilishi samarali hamkorlikka yaqqol misol bo’ladi deb o’ylayman.
Yurtingizda barkamol yosh avlodni tarbiyalash, xususan, ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak e’tirofga sazovor. Britaniya Kengashi ta’lim tizimi sifati, yosh iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash va ularga bilim berish uslublarini yaxshilashda o’zaro hamorlik qilish orqali mazkur yo’nalishda yuqori natijalarga erishishga ko’mak berayotganidan bag’oyat mamnun.
O’z navbatida Britaniyalik ilmiy-akademik doira vakilarining o’zbekistonlik hamkasblari bilan aloqalar o’rnatishga katta qiziqish bildirayotganini aytib o’tishni istar edim. Tashkilotimiz o’zbek talaba va o’qituvchilariga bilim berish hamda tajribalar almashishni yo’lga qo’yish maqsadida britaniyalik ekspertlarning tashriflarini muntazam ravishda tashkil qilib kelmoqda.
Ular Buyuk Britaniyaga qaytganlaridan so’ng O’zbekistonni iliq xotiralar bilan yodga olgani holda o’z vatandoshlari va hamkasblariga mustaqillik yillarida yurtingiz erishgan ulkan yutuqlar haqida so’zlab berishlariga umid qilaman.
Mamlakatingizda faoliyat yurtayotganimdan behad xursandligimni hamda xalqlarimiz o’rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga barcha imkoniyatlarimni safarbar qilishimni yana bir bor ta’kidlashni istar edim.
Fursatdan foydalanib, O’zbekiston xalqini ulug’ ayyom Mustaqillikning 24 yilligi bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman hamda mustahkam sog’lik va farovonlik tilayman.
“Jahon” AA, London