“BRONZA” SOHIBLARI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Xitoyning Sindao shahrida dzyudo kurashi bo’yicha o’tkazilgan Gran-Pri turkumiga kiruvchi yirik xalqaro turnirda ikki nafar hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullayev (60 kg) va Mirali Sharipov (73 kg) bronza medaliga sazovor bo’ldilar, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi.
Sharofiddin Lutfullayev saralash bahslarida Xitoy va Kanada terma jamoasi a’zolarini mag’lub etib, Gollandiya vakiliga imkoniyatni boy berdi. Shundan so’ng bronza medali uchun bellashuvlarni davom ettirgan yurtdoshimiz Mo’g’iliston hamda Qozog’iston terma jamoasi a’zolarini mag’lub etib, uchinchi o’rinni egalladi.
Mirali Sharipov esa saralash bahslarida Kuba va BAA vakillarini yengib, belgiyalik polvonga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o’rin uchun bahslarni davom ettirgan Mirali dastlab Qozog’iston terma jamoasi a’zosini, bronza medali uchun kechgan bellashuvda esa jamoadosh do’sti G’iyosjon Boboyevni mag’lub etdi.
Shu tariqa, ikkita bronza medaliga sazovor bo’lgan O’zbekiston terma jamoasi 59 davlat vakillari orasida 14-o’rinni egalladi. Musobaqada Yaponiya dzyudo ustalari birinchi (5 oltin - 1 kumush - 3 bronza), Mo’g’iliston vakillari ikkinchi, Ozarbayjon terma jamoasi uchinchi o’rinni band etishdi.
"Jahon" AA