BUGUNGI HARAKAT – ERTANGI BARAKOT
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 2016-yil hosili uchun kuzgi don ekinlari ekishning dolzarb vazifalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
Viloyat hokimligi mas’ul xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimlari, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari rahbar va mutaxassislari, fermerlar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi korxona-tashkilotlar vakillari ishtirok etgan tadbirda agrotexnik tadbirni o‘z vaqtida va sifatli tashkil etish mo‘l hosil olishning muhim omili ekani ta’kidlandi.
Joriy yilda Namangan viloyatida 79 ming gektar maydonga g‘alla ekish rejalashtirilgan. Bu ishlar uchun 19 ming 750 tonna urug‘lik, 3 ming 47 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari va 2 ming 660 tonna mineral o‘g‘it zarur bo‘ladi.
– Agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish mo‘l hosil garovidir, – deydi Namangan viloyati qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Akmaljon Qorimamatov. – Buning uchun nasos bilan sug‘oriladigan hududlarda elektr energiyasi uzluksizligini ta’minlash, xo‘jaliklarga mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash materiallari, ekish texnikasining ehtiyot qismlarini o‘z vaqtida va yetarli miqdorda yetkazib berish talab etiladi. Zero, yer va texnikaning sozligi yuqori hosildorlikning birlamchi omilidir.
Tadbir doirasida ishtirokchilar tumandagi bir qator fermer xo‘jaliklari dalalarida, muqobil mashina-traktor parklarida bo‘lib, yerni ekishga tayyorlash, o‘g‘itlash, texnika vositalarini sozlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Erni ekishga tayyorlash jarayonida mineral o‘g‘itlar bilan to‘yintirish, takroriy ekindan bo‘shagan maydonni shudgorlash, g‘allazorlarni sug‘orishda suvdan samarali foydalanish yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.
Seminarda Namangan viloyati hokimi B.Yusupov so‘zga chiqdi.
O‘zA