Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

“BUNYODKOR” G‘ALABA QOZONDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
“BUNYODKOR” G‘ALABA QOZONDI

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston XXIV milliy chempionati oliy ligasining yigirma oltinchi tur markaziy uchrashuvi Toshkentning “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida kechdi.

Jamoalar oliy ligada o‘n yetti marta o‘zaro kuch sinashgan. Beshta o‘yinda “Bunyodkor”, to‘rttasida “Paxtakor” g‘alaba qozongan. Sakkiz uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

Navbatdagi o‘yin ham murosasiz tarzda o‘tdi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limni hujumkor ruhda boshlagan “Bunyodkor” futbolchilari 49-daqiqada Akmal Shorahmedovning uzoqdan yo‘llagan aniq zarbasi evaziga hisobni ochdi. 75-daqiqada “qaldirg‘ochlar” qarshi hujumdan unumli foydalandi – 2:0. Gol muallifi – Doston Hamdamov.

“Lokomotiv” o‘z maydonida “Buxoro” (Buxoro) jamoasini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni Marat Bikmayev kiritdi. Muborakning “Mash’al” jamoasi Samarqandning “Dinamo” klubidan 2:1 hisobida ustun keldi. Mezbonlar tarkibida Jamshid Hasanov va Mirzohid G‘ofurov raqib darvozasiga bittadan to‘p yo‘llagan bo‘lsa, mehmonlar vakili Avaz Agaliyev javob to‘piga mualliflik qildi.

Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi mehmoni bo‘lgan Qarshining “Nasaf” jamoasi 2:1 hisobida zafar quchdi. 26-daqiqada Artur Gevorkyan hisobni ochgan bo‘lsa, 44-daqiqada “So‘g‘diyona” vakili Sobir Hamidov hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvning 90-daqiqasida Ilhom Shomurodov jizzaxliklar darvozasiga to‘p kiritdi va jamoasining muhim g‘alabasini ta’minladi. Ushbu turdan so‘ng qarshiliklar ochkolarini 60 taga yetkazib oldi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi.

“Metallurg” va “Olmaliq” (Olmaliq) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv maydon egalarining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Qolgan uchrashuvlar natijalari quyidagicha: “Navbahor” (Namangan) – “Qo‘qon – 1912” (Qo‘qon) 2:1, “Sho‘rtan” (G‘uzor) – “Qizilqum” (Navoiy) 1:3, “Neftchi” (Farg‘ona) – “Andijon” (Andijon) 0:1.

O‘zA