"BUNYODKOR" – "NASAF" UCHRASHUVI NOMA’LUM MUDDATGA QOLDIRILDI
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

"Nasaf" futbolchilari kechadan qisqa ta’tilga chiqishdi. Jamoa futbolchilari 14 mart kuni Qarshi shahridagi qarorgohida yig’ilishadi va mashg’ulotlarga kirishadi.
Oliy liga 3-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvi noma’lum muddatga qoldirildi. Bunga sabablar, "Bunyodkor" jamoasining OCHL 3-tur uchrashuvi shu muddatga to’g’ri kelganligi va futbolchilarning milliy terma jamoamiz yig’inida ishtirok etishlari bo’ldi. "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvi keyinroq zaxira kunlarida o’tkazilishi mumkin.
“Nasaf” 24 mart kuni O’zbekiston kubogi bahslariga kirishadi. Shu kuni "ajdarlar" Toshkentda "Lokomotiv BFK" jamoasi bilan bahs olib boradi. Ungacha jamoa murabbiylari nazorat uchrashuvlari o’tkazishni ham mo’ljallab turishibdi. Bu nazorat uchrashuvlarida raqiblar kim bo’lishi hozircha aniq emas. Bu haqda keyinroq aniq ma’lumot beramiz.
O’zingizga ma’lum, "Nasaf" oliy liga 4-tur uchrashuvida "So’g’diyona" jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv 30 mart payshanba kuni bo’lib o’tadi.
UzReport