“BUNYODKOR” VA “PAXTAKOR” YARIM FINALDA
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Futbol bo’yicha O’zbekiston kubogi chorak finalining javob uchrashuvlarida g’alaba qozongan Toshkentning “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari yarim finalga yo’llanma oldi.
“Bunyodkor” va Jizzaxning “So’g’diyona” jamoalari o’rtasidagi dastlabki bahsda poytaxtliklar 2:1 hisobida zafar quchgan edi. “Jar” stadionida o’tgan javob uchrashuvida ham “Bunyodkor” jamoasi a’zolari ishonchli o’yin ko’rsatdi. Ammo, o’yinning birinchi bo’limida har ikki jamoa darvozalari daxlsizligi saqlanib qoldi.
Ikkinchi bo’limda Sergey Lushan shogirdlari tashabbusni qo’lga oldi. 73-daqiqada Dostonbek Hamdamov hisobni ochgan bo’lsa, 81-daqiqada Vohid Shodiyev tomonidan kiritilgan gol “Bunyodkor” jamoasining 2:0 hisobidagi g’alabasini ta’minladi.
“Paxtakor” va “Sementchi” (Quvasoy) jamoalari o’rtasidagi bahsda ham poytaxtlik charm to’p ustalari raqiblaridan 2:0 hisobida ustun keldi. “Paxtakor” jamoasiga g’alaba keltirgan gollarga K.Maxaradze va I.Sergeyev mualliflik qildi. Bu ikki jamoa o’rtasidagi chorak finalning dastlabki uchrashuvida 2:2 hisobidagi durang qayd etilgan edi.
“Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari O’zbekiston kubogining yarim finalida o’zaro bahslashadi.