BURCHGA SADOQAT BILAN
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Yurtimiz tinch, hayotimiz osoyishta, farzandlarimiz zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda, kasb-hunar egallamoqda, Yaratganga shukr! Bu gaplarni bugun ko‘p ishlatamiz. Ammo shu barqarorlik ortida tinchligimiz posbonlari, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning mashaqqatli mehnati borligini hamisha ham o‘ylab ko‘ravermaymiz.
Bugungidek ozod va obod Vatan barpo etish, ko‘pmillatli xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlash o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q, albatta. Buning zamirida Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, harbiy xizmatchilarga yetarli sharoit yaratish borasida amalga oshirilgan izchil islohotlar mujassam.
Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida jahon talablariga javob beradigan, zamonaviy qurol-yarog‘, texnika va yetuk harbiy mutaxassislarga ega professional milliy armiyamiz shakllantirildi. Qo‘shinlarning sifat tarkibi yangilanib, saflarini to‘ldirish tartibi takomillashdi. Muddatli harbiy xizmatga jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va yuksak intellektual salohiyatli yoshlarni saralab olishning o‘ziga xos tizimi yaratildi.
Shartnoma asosida xizmat qilayotgan serjantlar professional milliy armiyamizning eng ishonchli suyanchi, mustahkam tayanchiga aylandi. Harbiylarni ijtimoiy himoya qilish, uy-joylar bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Sohada yuz bergan bunday o‘zgarish va yangilanishlar tufayli milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish har bir yigitning nafaqat konstitutsiyaviy burchi, balki yuksak shon-sharaf ishiga aylandi.
Farg‘ona shahridagi harbiy qismlarning birida shartnoma asosida xizmat qilayotgan kapitan Lazizbek Toshboyev ana shunday Vatan posbonlaridan.
Navoiy viloyati Navbahor tumani Oq oltin mahallasida tug‘ilib o‘sgan Lazizbek bolalikdan harbiy bo‘lishni orzu qildi. Maqsadi yo‘lida umumta’lim maktabida a’lo baholarga o‘qidi. Harbiy qurilish yo‘nalishidagi Samarqand akademik litseyi uning yetuk mutaxassis, mard va jasur Vatan posboni bo‘lishida muhim pillapoya bo‘ldi. U bu yerda jismonan chiniqdi, bilimini yanada oshirdi. Jizzax oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida o‘qishini davom ettirdi. Harbiy qismlardagi xizmati davomida boy tajriba va yetarli ko‘nikma hosil qildi. Shu tariqa u o‘z taqdirini ushbu sharafli soha bilan bog‘ladi.
Kasb sirlarini puxta egallab, namunali xulqi, bilimdonligi, fidoyiligi bilan jamoada hurmat topgan Lazizbek jangovar vertolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish vazifasini sidqidildan bajarmoqda.
– Vatanni himoya qilish har bir yigitning muqaddas burchidir, – deydi kapitan Lazizbek Toshboyev. – Vatanning onadek ulug‘ va muqaddasligini, har bir qarich tuprog‘i aziz va mo‘tabarligini xizmat davomida yanada chuqur anglamoqdaman. Do‘stlarim, ayniqsa, yoshlar bilan uchrashganimda ularning menga havas bilan qarashini his qilaman. Kelajakda harbiy bo‘lishni orzu qilgan yoshlarning savollariga javob berar ekanman, sharafli sohaga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va e’tibordan, Vatan himoyasi yurtimizda tom ma’noda shon-sharaf ishiga aylanib, harbiy sohaga qiziqish ortib borayotganidan quvonaman. Ota-onam, yaqinlarim, umuman, xalqimizning osuda hayotini ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotganimdan faxrlanaman. Bu yil Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 25-yilligi munosabati bilan tadbirlar "O‘zbekiston – mustaqil Vatanimiz, milliy armiyamiz faxru g‘ururimiz!" shiori ostida o‘tkazilayotgani, bayramga har qachongidan ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotgani biz, harbiy xizmatchilarning qalbini yanada iftixorga to‘ldirmoqda.
O’zA