Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BUTUN DUNYO EHTIROM KO’RSATADIGAN BUYUK O’ZBEK SHOIRI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BUTUN DUNYO EHTIROM KO'RSATADIGAN BUYUK O'ZBEK SHOIRI

Mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yurtimizda Prezident Islom Karimov rahnamoligida milliy qadriyatlarni qayta tiklash va boyitish, jahon tamadduniga beqiyos hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish hamda ularning boy ilmiy merosini o’rganish va ommalashtirishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday ajdodlarimiz orasida atoqli o’zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy alohida o’rin tutadi.

Shoir qalamga olgan adolat, o’zaro hamjihatlik, oliyjanoblik, mehr-muruvvat, ota-onaga ehtirom, donolik, miskinlarga yordam berish, xalqlar orasidagi do’stlik, Vatan obodligi uchun ko’mak berish, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash singari yuksak insoniy fazilatlar mamlakatimizning zamonaviy taraqiyotida, xususan, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda o’z aksini topmoqda.

Prezident Islom Karimovning “Yuksak manaviyat - yengilmas kuch” asarida keltirilganidek, inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Xalqimiz va yoshlarimiz uning bebaho merosi bilan qanchalik oshno bo’lsa, jamiyatda ezgu insoniy fazilatlarning shakllanish jarayoni shu qadar muvaffaqiyatli kechadi.

Ulug’ shoir va mutafakkir asarlari umumta’lim maktablari, kollej va litseylarda hamda oliy ta’lim muassasalarida keng o’rganilishi barobarida bastakor, musiqachi va mo’yqalam sohiblari uchun ham bitmas-tuganmas ilhom manbai bo’lib xizmat qilmoqda. Shoirning g’azallari asosida yaratilgan yangi-yangi qo’shiqlar, uning ijodiga bag’ishlangan asarlar xalqimiz e’tiboriga havola qilinmoqda. Bu yosh avlodni vatanparvarlik, fidoyilik hamda Vatan taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qariyb 30 ta to’plamdan iborat she’rlar va dostonlar, ilmiy va falsafiy asarlarni o’z ichiga olgan buyuk ajdodimizning bugungi kunga qadar yetib kelgan bebaho adabiy merosi ko’pqirrali bo’lishi bilan birga XV asr oxiridagi Markaziy Osiyo xalqlarining ma’naviy hayotini to’liq ifodalab beradi. Mustaqillik yillarida uning barcha asarlari to’laligicha 20 jildda chop etildi.

“Hayrat-ul abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi), “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Sabbayi Sayyor” (Yetti sayyora) va “Saddi Iskandariy” (Iskandar devori) singari o’sha davr badiiy-falsafiy dunyoqarashini aks ettirgan besh dostonni o’z ichiga olgan mashhur “Xamsa” (Beshlik) asari tom ma’noda Navoiy ijodining cho’qqisi hisoblanadi. O’zbek mumtoz adabiyotining betakror namunasi bo’lgan mazkur shoh asar jahon adabiyotining bebaho durdonasiga aylangan.

O’zining ulkan adabiy merosi orqali badiiy ijod sahnasida eski o’zbek tili - turkiy tilning fors tili darajasiga olib chiqilishi Alisher Navoiyning milliy madaniyatimiz taraqqiyotiga qo’shgan yana bir ulkan hissasi bo’ldi. Murakkab va sayqal berish qiyin deb hisoblangan mazkur tilda Navoiyga qadar hyech kim keng va to’liq ijod qilmagan. Shu asnoda shoirning tahsinga sazovor ijodi nafaqat o’zbek tili, balki boshqa turkiy tillar adabiyoti taraqqiyotiga ham chuqur ta’sirini ko’rsatdi.

Mamlakatimizda o’zbek xalqining ushbu buyuk o’g’loni xotirasiga katta hurmat va ehtirom ko’rsatiladi. O’zbekiston Milliy kutubxonasi, Davlat Akademik opera va balet katta teatri, Fanlar akademiyasi qoshidagi Til va adabiyot insitituti, Adabiyot muzeyi, yurtimizning yetakchi sanoat markazi joylashgan viloyat va shahar, metro bekati, ko’cha, mahalla va xiyobonlarga sheriyat mulkining sultoni hisoblangan ulug bobomizning tabarruk nomi berilgan.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining «O’zbekiston o’quvchi yoshlarini rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» farmoniga binoan ijtimoiy-gumanitar yo’nalishda ta’lim olayotgan yuqori kurs talablari o’rtasida o’z aql-zakovati, iqtidori, tashabbuskorligi va a’lo baholari bilan ajralib turadigan yoshlar uchun Alisher Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi joriy qilingan.

Shu kunlarda tavalludining 575 yilligi keng nishonlanayotgan buyuk shoirning xizmatlari nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda ham munosib darajada e’zozlanadi. Alisher Navoiy asarlari haqiqatan ham jahon bilimlari xazinasining qimmatbaho javohiri hisoblanadi. Ingliz, fransuz, nemis va boshqa tillarga o’girilgan tarjimalar Navoiy asarlari hozirga qadar butun dunyoda katta qiziqish va hayrat uyg’otayotganidan dalolat beradi.

Turli mamlakatlarda shoir xotirasiga ehtirom sifatida uning haykali o’rnatilgan va bu buyuk ajdodimizning boy ma’naviy merosining olamshumul ahamiyati hamda o’zbek xalqining ulkan ijodiy salohiyatidan dalolatdir. Buyuk mutafakkirga ehtirom ramzi sifatida Almati, Boku va Ashxabod shaharlaridagi ko’chalar, Kiyevdagi xiyobon A.Navoiy nomi bilan ataladi. Shunindek, Merkuriydagi kraterlardan biriga ham uning nomi qo’yilgan. Buyuk shoirga Moskva, Tokio, Boku va O’sh shaharlarida haykal o’rnatilgan.

O’zbek adabiyotining noyob qo’lyozmalarini, aynan Alisher Navoiy ijodini yanada chuqur o’rganish va arxivlashtirish maqsadida Davlat Adabiyot muzeyi va O’zbekiston Fanlar akademiyasida dunyoning mashhur kitob va qo’lyozmalar saqalanadigan arxivlariga ilmiy ekspeditsiya va xizmat safarlari tashkil qilingan.

Yaqinda Fransiya va Angliya kutubxonalaridan Alisher Navoiyning “Kulliyot” nomli asari hamda uning boshqa noyob qo’lyozma asarlaridan fotonusxalar keltirildi. Navoiy asarlariga ishlangan miniatyuralar xalqaro kitob yarmarkalarida mukofotlarga sazovor bo’lmoqda. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarga uyushtirilgan ekspeditsiyalar natijasida Fransiya Milliy kutubxonasi, Britaniya muzeyi, “Indiana ofis” va “Bodlean” kutubxonalari, Vindzor qirollik kutubxonasi, Oksford universiteti kutubxonasi hamda Afg’oniston, Hindiston, Eron, Turkiya va AQSh kitob jamg’armalaridan o’zbek adabiyotiga oid asarlar, shu jumladan, Alisher Navoiy asarlaridan nusxalar olib kelindi - ular bugungi kunda o’zbek xalqining ma’naviy boyligi hisoblanadi.

Shu tariqa, Alisher Navoiy siymosi va uning hassos qobiliyati ko’plab xalqlarni, birinchi navbatda, o’zbek xalqini ilhomlantirib kelmoqda. Uning insonparvarlik, adolat, aql-zakovat va obodonlashtirish singari yuksak insoniy fazilatlar yo’g’rilgan asarlari bir necha yuz yillar davomida o’z jozibadorligi va dolzarbligini saqlab qolmoqda.

“Jahon”AA