Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Butunjahon suv kuni doirasida Chirchiq-Ohangaron suv havzasida OAV vakillari uchun media-tur tashkil etildi

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Butunjahon suv kuni doirasida Chirchiq-Ohangaron suv havzasida OAV vakillari uchun media-tur tashkil etildi

O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi "22 mart -Butunjahon suv kuni" doirasida Chirchiq-Ohangaron suv havzasi inspeksiyasi mutaxassislari ishtirokida OAV vakillari uchun Tuyabo’g’iz suv omboriga media-tur tashkil etildi.

1993 yil BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi bilan BMTga a’zo-davlatlarga yilda bir marotaba jahon jamoatchiligi e’tiborini suv resurslari, ularni muhofaza qilish hamda oqilona foydalanish masalalariga e’tibor qaratish taklifi ilgari surildi. Shu yildan e’tiboran dunyo hamjamiyati har yili 22 mart sanasini Butunjahon Suv kuni sifatida keng nishonlab kelmokda. Mazkur kunni u yoki bu mavzu yoxud shior ostida o’tkazish an’anaga aylangan. 2015 yilda Butunjahon suv kuni mavzusi "Suv va barqaror rivojlanish" shiori ostida o’tkazilmoqda. Jahonda, xususan Markaziy Osiyoda suv azaldan eng aziz tabiiy ne’mat, mintaqada istiqomat qiluvchi barcha xalqlar uchun rivojlanish va farovonlik omili bo’lib kelgan. Shu sababli suv resurslariga nisbatan oshib borayotgan talabni e’tiborga olgan holda gidroob’ektlarni muhofaza qilish, bu ne’matdan oqilona foydalanish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Dunyo miqyosidagi misollarga nazar tashlaydigan bo’lsak, har yili daryo, yer osti suvlari, ko’llar va dengizlarning tabiiy zahiralaridan jahon sanoati ehtiyojlarini ta’minlash, irrigatsiya va kommunal-maishiy extiyojlar uchun millionlab metrkub suv sarflanadi.

Ma’lumki Suv omborlari. katta xo’jalik ahamiyatiga ega bo’lgani sababli XX asr oxiriga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Bugungi kunda O’zbekistonda 55 taga yaqin suv ombori ekspluatatsiyada bo’lib, ulardan 30 tasi Amudaryo, 25 tasi Sirdaryo suv xavzasida joylashgan. Bundan tashqari, O’zbekiston suv resurslari milliy boyligini 500 ta tabiiy ko’llar va 1448 ta buloqlar tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, XX asr boshlaridan boshlab mamlakatimiz hududlarida suv omborlarining qurilishi boshlangan. Jurnalistlar bilan muloqot chog’ida Tuyabo’g’iz suv omborida Chirchiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari boshqarmasi mutaxassislari bilan fikr almashildi. Shuningdek, mexmonlarga ushbu suv ombori inshootining qisqacha tarixi, suv ta’minotidagi o’rni va ahamiyati, suvni muhofaza qilishda labaratoriya hodimlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan tajribaviy ishlar xaqida so’zlab berildi.

www.uzreport.uz