Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BUVAYDADA BAYRAM SHUKUHI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BUVAYDADA BAYRAM SHUKUHI

Prezidentimizning 2015 yil 17 iyuldagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to’rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, Farg’ona viloyatida eng ulug’, eng aziz bayramni munosib kutish olishga katta tayyorgarlik ko’rilmoqda.

Barcha shahar va tumanlarda, qishloq va mahallalarda bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari avjida. Shunday farahbaxsh damlarda qalbimizda tinch va osuda hayotimiz, farovon turmushimizga shukronalik, ertangi kunga ishonch tuyg’ulari jo’sh uradi.

Prezidentimiz rahnamoligida mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli bunyodkorlik ishlari samarasida Farg’ona o’ziga xos bog’ va xiyobonlari, zamonaviy turar joy dahalari, keng va ravon yo’llari, yangi savdo rastalari, mahobatli ta’lim va tibbiyot muassasalari, madaniyat va ma’rifat maskanlari bilan orzudagi shaharga aylanib bormoqda.

Bir paytlar qishloq deganda, ko’z o’ngimizda loydan ko’tarilgan pana-pastqam uylar, chang va toshloq ko’chalar gavdalanardi. Istiqlol yillarida qishloq va qishloq aholisiga munosabat o’zgardi. Qishloqda barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalari, ravon yo’l va ko’chalar ilgarigi tasavvurlarni butkul o’zgartirib yubordi. Buni Buvayda tumani misolida ham yaqqol ko’rish mumkin.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida shu sohada faoliyat yuritish, shu orqali o’zi, oilasi va yurtimiz farovonligi yuksalishiga xizmat qilish istagida bo’lganlar soni yildan-yilga ortmoқda. Ayni paytda tumanda uch mingdan ortiq tadbirkorlik sub’yekti chakana, ulgurji savdo, maishiy xizmat, servis, ishlab chiqarish va umumiy ovqatlanish tarmoqlarida samarali faoliyat ko’rsatmoqda.

— 20 turdagi mebel jihozlari ishlab chiqaramiz, - deydi “Abdulla grand lyuks” oilaviy korxonasi rahbari Ulfat Toshmatov. - Mahsulotlarimiz xaridorgir. Prezidentimizning joriy yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida belgilangan imtiyozlardan foydalanib, kelgusida faoliyatimizni yanada kengaytirish niyatidamiz.

Tumandagi yirik sanoat korxonasi hisoblangan “Los gigantes textiles” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan sifatli ip-kalava mahsulotining aksariyat qismi xorijga eksport qilinmoqda. Ichki bozorni sifatli qurilish materiallari bilan taminlash bilan birga, o’z mahsulotini eksport qilish darajasiga chiqara olgan “Grand Kapital Invest savdo”, trikotaj mahsulotlari bilan xorijda ham mashhur bo’lib borayotgan “Nurafshon ziyo teks” kabi korxonalar ham bugun dadil rivojlanmoqda.

Buvayda azaldan yer bilan tillashib, turli qishloq xo’jaligi ekinlaridan mo’l hosil yetishtirish hadisini olgan mirishkorlar maskani.

— O’tgan yili salkam bir gektar yerda intensiv bog’ tashkil qildik, - deydi “Yoqubjon ota Furqat” fermer xo’jaligi rahbari Sa’dulla Abdunazarov. - Natija kutganimizdan ham ziyoda bo’ldi. Shu bois intensiv bog’ maydonimizni kengaytirish, mevani qayta ishlash sexini tashkil qilishni rejalashtirganmiz.

Bugungi kunda tumanda 321 fermer xo’jaligi paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, polizchilik, bog’dorchilik, chorvachilik yo’nalishlarida samarali faoliyat yuritmoqda. Ularda yangi ish o’rinlari va istiqbolli tarmoqlarni ko’paytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq joylarda barpo etilayotgan zamonaviy uy-joylar, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar yurtdoshlarimiz kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Tumanning Dodho, Nayman, Alimergan, Maslahat, Ozod qishloqlarida 2011-2014 yillarda qurib bitkazilgan 186 namunaviy loyihalar asosidagi uylar baxtu iqbol koshonasiga aylangan.

— Davlatimiz rahbarining yuksak e’tibori va g’amxo’rligi tufayli Alimergan qishlog’ida namunaviy loyiha asosida bunyod etilgan uylardan biriga ko’chib o’tdik, - deydi yosh oila sohibi Anvarjon Xudoyorov. - Barcha sharoit muhayyo etilgan bunday uylarda yashashning gashti bo’lakcha. Bu yerda farzandlarimizning har tomonlama sog’lom va durkun o’sib-ulg’ayishi uchun yaratilgan sharoitlar bizni behad mamnun etmoqda.

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi asosidagi ishlar ko’lami ham kengaymoqda. Joriy yilning o’tgan davrida tumanda yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, 100 va undan oshgan otaxonu onaxonlar, mehnat faxriylari holidan xabar olindi. Ta’lim maskanlarida, mahallalarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

— Yaqinda 85 yoshimni oila a’zolarimiz bilan nishonladik, - deydi Bekobod qishlog’ida yashovchi Ergashali ota Tirkashev. - Olti farzandim, 36 nevara va 40 dan ortiq chevaralar ardog’ida keksalik gashtini suryapman.Gohida xayolan bolalik davrimga qaytaman. Urush asorati tufayli izdan chiqqan turmush tarzini eslab, yuragim uvishadi. Shunday onlarda bugungi dorilomon kunlarning қadri nihoyatda bebaho ekanini chuqur his qilaman. Farzandlarimga, mahalla yoshlariga bugungi osuda hayotning qadriga yetish zarurligini uqtiraman.

Tuman markazidagi 4 gektarli “Nuroniylar bog’i” buvaydalik mehnat faxriylari uchun sevimli dam olish maskaniga aylangan. Bu yerda ularning ko’ngilli dam olishi uchun turli sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda o’tkazib turiladi.

Mustaqilligimizning 24 yillik bayrami arafasida tumandagi “Yashnarobod” mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag’lari evaziga 2 zamonaviy bolalar sport maydonchasi qurildi. Maslahat qishlog’ida tadbirkor Rahimberdi Jumayevning sa’y-harakatlari bilan sun’iy qoplamali 2 kichik futbol maydoni tashkil qilindi. Tuman FHDYO bo’limi hamda notarial idorasining zamonaviy yangi binolari qad rostladi. Yangiqo’rg’on, Buvayda, Jiydali, Pishag’ar, Oqqo’rg’on qishloqlarida zamonaviy madaniyat va aholi dam olish markazlari foydalanishga topshirildi. Davlat dasturi asosida tuman hududida bu yilning o’zida 6 ichimlik suvi qudug’i kovlandi.

Muxtasar aytganda, yurtimizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Buvayda tumanida ham eng ulug’, eng aziz ayyom - Mustaqillik bayrami shukuhi kezmoqda.

WWW.UZA.UZ