Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BUXORO VILOYATI «SAYOHATLAR CHORRAHASI»GA AYLANTIRILADI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BUXORO VILOYATI «SAYOHATLAR CHORRAHASI»GA AYLANTIRILADI

Buxoro viloyati turizm sohasida katta salohiyatga ega. Bundan foydalanib, 2021 yilgacha xorijiy sayyohlar sonini 2 barobar ko‘paytirish, turizm xizmatlari tushumini 350 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati faollari va mutasaddi rahbarlar ishtirokidagi yig‘ilishda bu masalaga alohida to‘xtalib, tegishli vazifalarni belgilab berdi. Buning uchun avvalo zamonaviy mehmonxonalar barpo etish, transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligini ta’kidladi.

Joriy yilda Buxoro shahridagi «Buxoro-palas», «Varaxsha» va «Zarafshon» mehmonxonalari rekonstruksiya qilinib, 32 ta yangi mehmonxona, 9 ta motel va 50 ta mehmon uylari foydalanishga topshiriladi. Natijada mehmon o‘rni 7 mingtaga yetib, turistlarni qabul qilish imkoniyati qariyb 2 barobar ko‘payadi.

G‘ijduvon – Kogon yo‘nalishidagi 122 kilometr yo‘lni ta’mirlash, «Yetti pir» ziyoratgohlari o‘rtasida qulay va zamonaviy transport qatnovini yo‘lga qo‘yish, xalqaro halol standartini keng joriy etish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari aviaqatnovlar sonini oshirish, Samarqand, Xiva, Shahrisabz shaharlari bilan avtobus va poyezdlar qatnovini ko‘paytirish orqali Buxoroni «sayohatlar chorrahasi»ga aylantirish lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, «Buxoro tarixi» muzeyini qurish, ko‘ngilochar maskanlar, hunarmandlar markazlari va Buxoroning eski shahar qismida turistlar piyoda sayr qiladigan yo‘nalishlar tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

WWW.PRESIDENT.UZ