BUXORO VILOYATIDA HAM SAYLOVCHILAR MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERISHDA ISHTIROK ETMOQDA
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 31-moddasida qayd etilganidek, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchilar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega. Bu tadbir saylov boshlanishidan o‘n kun oldin boshlanib, bir kun qolganda to‘xtatiladi.
Buxoro viloyatida fuqarolar qonunda ko‘zda tutilgan ana shu huquqdan foydalangan holda konstitutsiyaviy burchini ado etmoqda. Bunda ular ovoz berish kunida bo‘la olmaslik sabablari, ya’ni xizmat safari, davolanish, xorijga chiqish kabilar ko‘rsatilgan ariza bilan tegishli saylov uchastkasiga murojaat qilmoqda.
Dilnoza Ochilova Buxoro shahridagi 60-saylov uchastkasida ovoz berdi.
– Ovoz berishda ilk bor ishtirok etdim, – deydi Dilnoza. – Uchastka saylov komissiyasi taqdim etgan saylov varaqasini ovoz berish kabinasida to‘ldirib, o‘zim munosib, deb bilgan nomzodga ovoz berdim. Muddatidan oldin ovoz berishimning boisi men yaqin kunlarda Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tadigan sportning taekvondo turi bo‘yicha jahon kubogi musobaqasiga terma jamoa tarkibida jo‘nab ketaman. Mamlakatimizda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iste’dodini namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Uch karra O‘zbekiston chempioni, jahon chempionati bronza medali sovrindori bo‘lishim ham ana shu imkoniyatlar samarasidir.
Mamlakatimizda yerosti boyliklarini o‘zlashtirish, yoqilg‘i-energetika sohasini rivojlantirish yo‘lida minglab ishchilar mehnat qilmoqda. Saylov kuni ularning ayrimlari yashash joyida bo‘lmasligini bildirib muddatidan oldin ovoz bermoqda.
– Ishimiz vaxta usulida tashkil etilgan, – deydi Shofirkon tumanidagi 426-saylov uchastkasida muddatidan oldin ovoz bergan haydovchi G‘ayrat Sattorov. – 4-dekabr kuni qo‘shni viloyatda mehnat safarida bo‘laman. Shuning uchun huquqimdan foydalanib muddatidan oldin mamlakatimizning yanada ravnaq topishi uchun ovoz berdim.
Muddatidan oldin ovoz bergan fuqarolarning saylov varaqasi konvertga solingan holda qonunda belgilangan tartibda saylov uchastkasida qoldiriladi. Saylov kuni ovoz berish nihoyasiga yetgandan so‘ng saylov qutilaridagi saylov varaqalari va byulletenlar sanab chiqish paytida qo‘shib hisoblanadi.
O’zA