Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Buxoroda mehmonxonalar xizmati qanday tashkil etilgan?

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Buxoroda mehmonxonalar xizmati qanday tashkil etilgan?

Odatda, hududning sayyohlik salohiyati uning koʻhna meʼmoriy obidalarga egaligi bilan belgilanadi. Bu jihatdan Buxoro shahriga havas qilsa arziydi. Unga qiziqish katta. Shaharga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni oshib bormoqda. Shuning uchun ham turizm industriyasini mustahkamlash, mehmonxonalar tarmogʻini kengaytirishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda Buxoro shahrida mehmonxonalar, mehmon uylari va xostellar soni yuzdan ziyod. Xoʻsh, ular sayyohlarga qanday xizmat koʻrsatmoqda? Bu juda muhim masala. Negaki, sifatli xizmat sohaning jozibadorligini oshiruvchi muhim jihatlardan biri. Xoʻsh, umuman, joylashtirish vositalari deb ataladigan mehmonxonalarda ahvol qanday?

Biz ana shu maqsadda Buxoro shahriga kiraverish darvozasidan boshlab, uning tarixiy qismigacha boʻlgan qariyb 6 kilometr yoʻl boʻyida joylashgan mehmonxonalarga oʻziga xos “sayohat” qildik.

Har qanday hudud haqidagi dastlabki taassurot ostonadan boshlanadi. Buxoro tumani soʻnggi chegarasida, Buxoro shahriga kirish darvozasiga tutash maskanda barpo etilgan “Darvozai Mohi xosa” mehmonxonasi bilan tanishdik. Qoʻsh qavatli 50 oʻrinli, yonida xizmat koʻrsatuvchi shoxobchalarga ega ushbu maskanni majmua deb atash mumkin. Ochigʻi, majmuaga qadam qoʻyganimizda, oʻzimizni bu yerga bemavrid kelganday his qildik. Gap shundaki, uning bir qismida taʼmirlash ishlari boshlab yuborilgan ekan. Demak, sayyohlarni qabul qilishga imkoniyat yoʻq. Biz shunday fikr bilan bu yerda ishlayotgan xodimlardan biri bilan suhbatlashganda, ahvol aslida bunday emasligi bildirdi. Taʼmirlash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgani bois, “Darvozai Mohi Xossa” faoliyatni davom ettirayotgan ekan.

– Mehmonxonamiz boʻsh turib qolayotgani yoʻq, – dedi uning rahbari Sharif Raximov. – Oʻtgan kuni Buxoro shahri bilan tanishish uchun Qozogʻistondan kelgan 33 nafar sayyohni qabul qildik. Xonalarimiz shinam, qulayliklari maʼqulki, mijozlar kelmoqda.

Biz xonalar bilan tanishdik, toza-ozoda. Sanitariya uzelida muammolar yoʻq. Bu yerda ziyorat turizmi meʼyorlariga amal qilinadi. Muloqotda mehmonxona rahbari sayyohlar uchun boshqa qulayliklar yaratish uchun infratuzilmani rivojlantirish rejalari ishlab chiqilayotganini ham bildirdi.

– Ammo bitta muammo bor,– dedi Sharif Raximov. – Hududimizda biz ulanadigan kanalizatsiya tizimi yoʻq. Chiqindilar vaqt -vaqti bilan maxsus mashinalarda olib chiqiladi. Agar shaharning bizga tutash qismida bu tarmoq boʻlganida, muammomiz yechim topgan boʻlar edi.

Biz Buxoro shahrining yirik Gʻijduvon koʻchasiga kiramiz. Bu koʻchaning Karvonbozor qismigacha boʻlgan qismida birorta ham mehmonxona yoʻq. Sababi, shaharga kiraverishda sayyohlar toʻxtab oʻtishi uchun ehtiyoj boʻlmagan. Turizmning yaqin istiqboldagi rivojlanishini inobatga olinib, avtoshohbekatning yonginasida katta mehmonxona qurilmoqda.

Karvonbozordan oʻtgach, chorrahada koʻzingiz “Lyuks” xosteliga tushadi. Bundan bir oy ilgari ishga tushgan maskanga kirdik. Xostel oilaviy mehmonlarbop. Bino ikkinchi qavatiga koʻtarilganimizda bezatilgan, yumshoq kursi va divanlar qoʻyilgan kirish foyesida bolalarning quvnoq ovozlari quloqqa chalindi.

Maʼlum boʻlishicha, bu yerga bir necha kundirki, zarur yumush bilan moldaviyaliklar kelgan.

– Atrofda sifatli va mazali ovqatlar pishiriladigan yemakxonalar bor ekan, lekin biz oilaviy ovqatlanish uchun oʻzimiz taom tayyorlashni xush koʻramiz, – deydi mehmonlardan biri Svetlana Bossan. – Xostelda bunday imkoniyat borligidan xursandmiz. Umuman, bu yerda barcha sharoitlar bor.

Mehmonxonayu xostellarda toʻxtaydigan mijozlarning aksariyat qismi islom diniga eʼtiqod qiluvchilar. “Lyuks”da bu jihat ham inobatga olingan. Xonalarda ibodat qilinadigan qibla belgili joylar koʻrsatilgan. Joynamozlar bor. Vannalar va yuvinish va hojatxonalar toza.

Umuman, chorraha orqali davom etadigan Gʻijduvon koʻchasi mehmonxonalar maskaniga aylanadi, deyish mumkin. Bu yerda Buxoro madaniy markazi yoqasida “Sabina serviz” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli olti qavatli va uning yonida boshqa subyektga tegishli toʻrt qavatli mehmonxonalar qurilishi davom etmoqda. Maʼlum boʻlishicha, shu hududda yana kamida oltita ana shunday xizmat obyekti barpo etilarkan.

Biz Gʻijduvon koʻchasining tugash qismiga yaqin “Mumtoz Begim” mehmonxonasiga kirdik. Eʼtiborimizni kiraverishda qabulxona burchagida qoʻyilgan Turkiya, Xitoy va qator davlatlar bayroqchalari tortdi.

– Ish boshlaganimizga uch oycha boʻlmoqda, – deydi mehmonxona ish boshqaruvchisi Zilola Bobojonova. – Lekin qisqa fursatda mijozlarimiz soni oshib boryapti. Ular orasida xorijiy davlatlar fuqarolar ham bor.

Mehmonxona yoʻl boʻyida joylashgani, qolaversa, xizmatlar sifati nisbatan arzonligi mijozlarga maʼqul.

“Mumtoz Begim” xonalari nihoyatda orasta, yuvinish xonalarida tegishli sharoitlar yetarli. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar uchun har bir xonada qulaylik yaratilgan. Mijozlar nonushta qiladigan zal shinam. Ular uchun dam olish burchagi ham bor.

Bir narsani taʼkidlash joiz, biz yoʻl yoqalarida belgilangan tartibda mehmonxonalar nomi va masofasi koʻrsatilgan belgilarni uchratmadik. Qolaversa, yuqorida tilga olingan joylashtirish vositalarining kanalizatsiya quvurlariga ulanish imkoniyati yoʻq.

OʻzA