BUXORODA MILLIY SAYLOV QONUNCHILIGI TARG‘IBОTIGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28
Buxoro davlat tibbiyot institutida “Mening ovozim Vatan kelajagiga daxldor” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
“Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, 3-Buxoro okrug saylov komissiyasi hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun va milliy saylov qonunchiligi mazmun-mohiyati targ‘ibоtiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tadbirda saylovda birinchi marta ovoz beradigan yoshlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Mamlakatimizda umume’tirof etilgan xalqaro huquq va normalarga to‘la mos keladigan, xalqimiz mentalitetiga tayangan mustahkam milliy saylov qonunchiligi yaratilgani ta’kidlandi. Fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi kafolatlanib, yoshlarning bu boradagi konstitutsion huquqi mustahkamlab qo‘yilgan.
Tadbirda milliy saylov qonunchiligimizning o‘ziga xos jihatlari, jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
– Tadbir men kabi bu yil birinchi marta saylovda ishtirok etadigan yoshlarning milliy saylov qonunchiligi haqidagi bilimini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi M.Jo‘rayeva. – Biz, yoshlar jamiyatimizda kechayotgan demokratik jarayonlarga daxldorligimizni anglagan holda, 4-dekabr kuni o‘zimiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz beramiz.
“Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tomonidan “Mening ovozim – mening Prezidentim”, “Bizning oilada har birimizning o‘z ovozimiz bor”, “Mening ovozim Vatanim kelajagiga daxldor”, “Biz tanlash huquqiga egamiz” kabi mavzularda aksiya, davra suhbati va uchrashuvlar o‘tkazilayotgani yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga xizmat qilayotir.
Buxoro viloyatida 1 million 265 mingdan ziyod saylovchi ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning 60 ming 223 nafari saylovda birinchi marta ishtirok etadi.
O’zA