Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BUXORODA SAYLOV QONUNCHILIGIGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BUXORODA SAYLOV QONUNCHILIGIGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi: tashkiliy-huquqiy asoslar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat prokuraturasi, ichki ishlar boshqarmasi vakillari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari hamda viloyat harbiy sudi sudyalari va xodimlari ishtirok etdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi I.Muslimov, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti viloyat hududiy bo‘linmasi rahbari J.Boltayev va boshqalar mamlakatimizda mustahkam milliy qonunchilik bazasi yaratilgani fuqarolarning o‘z xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

– Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq, saylov jarayoni qonuniy, adolatli o‘tishi, saylovning barcha ishtirokchilariga teng sharoitlar yaratishda saylov komissiyalari zimmasiga katta mas’uliyat yuklatiladi, – deydi Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyati sudi sudyasi A.Saidov. – Ular o‘z vakolati doirasida mustaqildirlar. Komissiyalar ishiga aralashuv taqiqlanadi.

Markaziy saylov komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari quyi saylov komissiyalari, tegishli mahalliy davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari hamda harbiy qismlar, muassasa va tashkilotlarning rahbarlari uchun majburiyligi, saylov komissiyalarining murojaatlarini ko‘rib chiqishni g‘ayrihuquqiy ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzishning huquqiy oqibatlari haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda saylov komissiyasining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi masala xususida ham fikr almashildi.

O’zA