Buyuk ajdodlarga munosib avlod
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Hozirda hayotga katta orzu-maqsadlar bilan kirib kelayotgan, mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash dolzarb vazifadir.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida «Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik!» deb nomlangan tadbirda shu xususda so‘z yuritildi, deya xabar beradi O’zbekiston milliy axborot agentligi.
«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi B.G‘aniyev, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi rahbari Q.Quronboyev, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari M.Quronov, O‘zbekiston xalq shoiri S.Sayyid va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yoshlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lida izchil ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi.
Mamlakatimizda navqiron avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa qator hujjatlar o‘g‘il-qizlarga zamonaviy ta’lim berish, ularning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishda dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamining kengayishida muhim omil bo‘layotir.
«Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘laylik!» loyihasida turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoshlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yaratayotgan yangiliklari, innovatsion va ijodiy ishlanmalari bilan ishtirok etdi. Bilimli, izlanuvchan, tashabbuskor iste’dod egalarining san’at, madaniyat, fan, texnika, iqtisodiyot, ishlab chiqarish va sport sohalaridagi faoliyati atroflicha tahlil etildi.
Tadbirda tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan, o‘z sohasida ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishayotgan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda faol ishtirok etayotgan bir guruh yoshlar munosib rag‘batlantirildi.
– Prezidentimizning biz hech kimdan kam bo‘lmaganmiz va hech kimdan kam bo‘lmaymiz, degan so‘zlari bizga doimo g‘ayrat-shijoat bag‘ishlaydi, – deydi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Sirojiddin Nasriddinov. – Ushbu loyihada «Ikki yoqlama shaffof qo‘l telefonini ishlab chiqarish» nomli texnik ishlanmam bilan ishtirok etib, muvaffaqiyat qozonganimdan mamnunman. Bu kabi loyihalar biz, yoshlarni o‘z salohiyatimizni namoyish etishimiz va yanada yuqori marralarni qo‘lga kiritishimizda keng imkoniyatlar yaratadi.
"Jahon" AA