Buyuk ajdodlarga munosiblik mas’uliyati
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Amir Temur tavalludining 679-yilligiga bag‘ishlab “Asrlar ulug‘lagan Sohibqiron” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Unda yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar qatnashdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar mamlakatimizda yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish, ularni har jihatdan barkamol insonlar etib kamolga yetkazishning muhim vositasi sifatida buyuk ajdodlarimizning hayoti, faoliyati, boy ma’naviy, ilmiy-ma’rifiy merosini chuqur o‘rganishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida Amir Temur xotirasini e’zozlash, uning jahon sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyatini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tengsiz azmu shijoat, mardlik va donishmandlik timsoli bo‘lgan bu ulug‘ siymoni buyuk davlat arbobi, bunyodkor inson, ilm-fan, madaniyat va ma’rifat homiysi sifatida o‘rganishga doir sa’y-harakatlar yosh avlod qalbi va ongiga vatanparvarlik, fidoyilik, mehnatsevarlik, Vatan kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘usini mustahkam qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etayotir.
O‘tgan yillar mobaynida Temur va temuriylar hayotiga bag‘ishlangan ko‘plab film va spektakllar, badiiy-publitsistik, tasviriy san’at asarlari yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Sohibqironning haykali qad ko‘tardi. Ulug‘ bobokalonimiz o‘z hayotiy shiori deb bilgan adolat, yaratuvchanlik va bunyodkorlik, saxovat, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik kabi ezgu g‘oyalar bugungi kunda Vatanimiz taraqqiyotida yorqin ifodasini topayotir.