Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

Buyuk allomaga ehtirom

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
Buyuk allomaga ehtirom

Prezidentimiz Islom Karimov 2014-yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkazilgan «O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ma’ruzasida buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki ekanini, bu bebaho boylik yangi-yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib material bo‘lishini ta’kidladi.

Milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish va targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida «Mahmud Zamaxshariy merosi va hozirgi zamon» mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda bu alohida ta’kidlandi.

Imom Buxoriy xalqaro markazi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, Xorazm Ma’mun akademiyasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda olimlar, tadqiqotchi-izlanuvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Xo‘jayev, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti B.Abduhalimov, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi direktori N.Muhammadiyev va boshqalar buyuk ajdodlarimizning ilmiy, badiiy, adabiy merosi avlodlar uchun ibrat va bilim manbai ekanini ta’kidladi.

Buyuk tilshunos, adabiyotshunos, geograf va faylasuf alloma – Mahmud Zamaxshariy hayotlik davridayoq shuhrat qozongan. U tarixdagi birinchi ko‘p tilli lug‘at – arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan. Allomaning asarlarida insoniylik, halollik, mardlik, qanoat, adolat, vafo, muhabbat kabi azaliy va abadiy ezgu tushunchalar ulug‘lanadi.

– O‘rta asrlarda yashab ijod qilgan, jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo‘shgan mutafakkirning asarlari ilm-fanning turli yo‘nalishlarida hamon dolzarb ahamiyat kasb etadi, – deydi Xorazm Ma’mun akademiyasi ilmiy kotibi Masharif Abdullayev. – Uning hayoti, serqirra ijodi, ilm-fan rivojidagi mislsiz yutuqlari bizga hamisha ko‘makdoshdir.

Anjumanda olimning ilmiy merosi, Zamaxshariy va Moturidiy asarlarining qiyosiy tahlili, Markaziy Osiyoda ijod qilgan mutafakkirlar merosi, yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda buyuk ajdodlarimiz yaratgan ilmiy maktablarning roli kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

www.uza.uz