BUYUK BRITANIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

2016-yilning 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kristofer Allan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida 2016-yilda hamkorlikni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlariga urg‘u bergan holda ikki tomonlama munosabatlar batafsil ko‘rib chiqildi.
Parlamentlararo aloqalarni faollashtirish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotiga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish uchun ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi, jumladan O‘zbekiston va Buyuk Britaniya ilmiy va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi almashinuvlarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.