Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BUYUK DAVLAT ARBOBI VA MUMTOZ SHOIR

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BUYUK DAVLAT ARBOBI VA MUMTOZ SHOIR

O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi ijroiya qo’mitasi partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 533 yilligiga bag’ishlab davra suhbati tashkil etdi, deb xabar beradi O’zbekiston Milliy axborot agentligi .

Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori X.Fayziyev, O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi o’rinbosari J.Safoyev va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirishga, jumladan, Boburning benazir shaxsi, betakror ijodini chuqur o’rganish va keng targ’ib qilishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.

Mamlakatimizning qator shaharlarida Bobur nomidagi ko’rkam bog’lar barpo etilgan. Andijonda “Bobur va jahon madaniyati” kitob muzeyi tashkil qilingan.

Boburning ma’naviy merosi asrlar osha milliy madaniyatimizni yuksaltirishga xizmat qilib kelmoqda. Shoirning boy merosida davlat va uni boshqarish, davlatning asosiy vazifasi, fuqarolarning burch va majburiyatlari, odil sudlov va xalqlarning etnografiyasi chuqur tahlil etilgan.

Bobur insonni eng oliy qadriyat deb bilgan. Shu bois uning ijodi nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyo xalqlari tomonidan sevib o’qiladi. “Boburnoma” asari o’ttizdan ortiq tilga tarjima qilingani buning dalilidir.

— Ulug’ ajdodimizning ma’naviy merosiga juda qiziqaman, - deydi Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Adolat Hojiyeva. - Shoir asarlarida real hayot tasviri, kundalik voqyealar bayoni, shaxsiy kechinmalar tasviriga keng o’rin beriladi. Vatan sog’inchiyu g’urbat g’ami, zafarlar quvonchiyu mag’lubiyatlar alami o’zining yorqin badiiy ifodasini topgan. Bobur “Bori elga yaxshilik qilg’ilki, mundin yaxshi yo’q, Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig’!” der ekan, jahonda faqat yaxshilik poydorligiga, odam bolasidan faqat yaxshilik qolishiga ishonadi. Buyuk bobomiz shaxsi va ijodini chuqur o’rganishimiz qalbimizda Vatanga muhabbat, insonparvarlik kabi azaliy ezgu g’oyalarning mustahkam qaror topishiga xizmat qiladi.

Tadbirda Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar o’qildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

Jahon AA