Birinchi slide После первого Ikkinchi slide Uchinchi slide To'rtinchi slide Beshinchi slide Oltinchi slide Ettinchi slide Sakkizinchi slide
Bosh sahifa Doimiy vakolatxona Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik Yangiliklar/tadbirlar O’zbekiston haqida Galereya

BUYUK IPAK YO’LIDA JOYLASHGAN O’ZBEKISTON VA XITOY DIPLOMATIK ALOQALAR O’RNATILGANIGA 25 YIL

SHAVKAT MIRZIYOYEV Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori O’zbekistonning Investitsion Salohiyat Uchrashuvlar Uchrashuvlar XMT doirasidagi xamkorlik XMT doirasidagi xamkorlik BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari BMT Mingyillik rivojlanish maqsadlari Press-relizlar Press-relizlar Vakolatxona yangiliklari Vakolatxona yangiliklari Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi Rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi O'zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni O’zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuni Inson huquqlari bo'yicha O'zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Inson huquqlari bo’yicha O’zbekistonning inson huquq kengashiga nomzod Sayyohlik Sayyohlik 8-Dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni 8-Dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni O'zbekiston matbuoti daydjestlari O’zbekiston matbuoti daydjestlari 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА 2022 — 2026 ЎЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ ТЎҒРИСИДА Конституциявий ислоҳотлар Конституциявий ислоҳотлар Boshqa yangiliklar va voqealar Boshqa yangiliklar va voqealar
hamma resurslarni ko'rsatish
BUYUK IPAK YO'LIDA JOYLASHGAN O'ZBEKISTON VA XITOY DIPLOMATIK ALOQALAR O'RNATILGANIGA 25 YIL

Mehnatsevar, mard, sadoqatli va mas’uliyatli, bag’rikeng hamda fidoyi Xitoy va O’zbekiston xalqlarining oila, davlat va hayot haqidagi qarashlari o’xshash.

Bundan ikki ming yil avval Buyuk ipak yo’li xalqlarimiz o’rtasida do’stlik aloqalarini o’rnatish, o’zaro hamkorlik qilish va bir-birini boyitish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilgan. Buning natijasida O’zbekiston va Xitoy munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko’tarildi. Xozirda o’zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, moliya, qurilish, ilm-fan, ta’lim, madaniyat sohalarining barcha yo’nalishlarini qamrab olgan. Poytaxtimizda o’tkazilgan anjuman ham aynan ikki mamlakat o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatilganining 25 yilligiga bag’ishlandi. “O’zbekiston va Xitoy hamkorligida Ipak yo’li iqtisodiy belbog’ini bunyod etish istiqbollari” mavzui esa konferensiya ishtirokchilarining diqqat markazida bo’ldi.

Buyuk ipak yo’lida joylashgan O’zbekiston va Xitoy xalqlari o’rtasidagi munosabatlar tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. Qadimiy Movarounnahr va chin yurti o’rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalar choy, paxta, ipak, qog’oz va boshqa mahsulotlarning butun dunyoga tarqalishida muhim o’rin tutgan. Bugungi kunda bu hamkorlik munosabatlari yangi mazmun bilan boyib, barcha sohalarda izchil rivojlanmoqda. O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi munosabatlar bevosita “Strategik sheriklik o’rnatish to’g’risida”gi qo’shma deklaratsiya, “Do’stlik va hamkorlik to’g’risida” gi shartnoma, “Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish” haqidagi qo’shma deklaratsiya hamda boshqa ko’plab hujjatlar asosida izchil rivojlanib borayapti. O’zar hamkorlikning chorak asrlik to’yi esa do’stona munosabatlarning muvafaqiyatidan dalolat beradi.

Sun Litsze- Xitoy Xalq Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi UzReport AA muhbiriga bergan intervyusida shunday dedi:

Dastavvval barcha o’zbek xalqini kirib kelgan Navro’z ayyomi bilan muborakbod etaman. O’zbekiston Markaziy Osiyodagi yirik qudratli davlat. Xitoy O’zbekiston bilan munosabatlarga doimo strategik va istiqbol nuqtai nazaridan qaraydi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng Xitoy birinchilardan bo’lib u bilan diplomatik munosabatlar o’rnatdi. 25 yil davomida davr sinovlaridan o’tgan, xalqaro maydondagi xavf-xatarlarga bardosh bergan Xitoy – O’zbekiston munosabatlarida barqaror taraqqiyot sur’atlari izchil davom etmoqda. Tomonlar har ikki mamlakatning hayotiy muhim manfaatlariga daxldor masalalarda bir-birini qat’iy qo’llab-quvvatlab, barcha sohalarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Ayni paytda Xitoyning Ipak yo’li iqtisodiy yo’nalishini tashkil etish to’g’risidagi tashabbusini hayotga tatbiq etish bo’yicha o’zaro hamkorlik mamlakatlarimiz o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning yangi istiqbolli yo’nalishlari va ustuvor loyihalarni belgilash va ilgari surishga qaratilgan.

“O’zbekiston va Xitoy hamkorligida Ipak yo’li iqtisodiy belbog’ini bunyod etish istiqbollari” mavzuidagi anjumanda ishtirokchilar ikki mamlaktning o’tgan 25 yil davomida amalga oshirgan katta va salmoqli loyihalarini yod etishdi. Ma’lumotlarga qaraganda 2015-yilda Xitoy bilan O’zbekistonning o’zaro savdo hajmi 3,5 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich diplomatik munosabatlar o’rnatilgan dastlabki yillarga nisbatan 70 barobardan ko’proq demakdir. Qolaversa, o’tgan 2016- yilning fevral oyida Xitoy bilan Markaziy Osiyo o’rtasidagi transport yo’lagining yangi bo’g’ini bo’lgan Angren – Pop temir yo’l liniyasining Markaziy Osiyodagi eng uzun tunneli qurilishi nihoyasiga yetdi. Shina zavodi, polivinilxlorid va soda zavodi bo’yicha loyihalar birgalikda amalga oshirildi, paxtani qayta ishlashga doir hamkorlik yo’lga qo’yildi. Sanoat sohasida qoplama g’isht, smartfon ishlab chiqarish, teriga ishlov berish va poyabzal tayyorlash bo’yicha loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Bir so’z bilan aytganda, diplomatik munosabatlar o’rnatilgandan buyon o’tgan 25 yil davomida Xitoy va O’zbekiston munosabatlari izchil va barqaror rivojlanmoqda. Davlatlarimiz o’rtasidagi oliy darajadagi uchrashuvlar muntazamlik kasb etgan, o’zaro siyosiy ishonch mustahkamlanmoqda. "Bir qutb, bir yo’l” barpo etilishida dastlabki muhim natijalarga erishildi. Mamlakatlar umumiy manfaatlarimizni himoya qilish maqsadida BMT, SHHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida yaqindan hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, anjuman davomida shtirokchilar “O’zbekiston va Xitoy hamkorligida Ipak yo’li iqtisodiy belbog’ini bunyod etish istiqbollari” muvzuida ham o’zlarining fikr muloxazalarini bildirishdi.

UzReport