BUYUK SOHIBQIRONGA EHTIROM
















Konsullik va viza masalalari bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Berlindagi Elchixonasiga murojaat qilishingizni so’raymiz:
Perleberger Str. 62, 10559 Berlin
Tel.: +49 30 394 098 30/80
Fax: +49 30 394 098 62
botschaft@uzbekistan.de
O’zbekiston TIV ishonch telefoni:
+998 71 233 28 28

Mamlakatimizda buyuk vatandoshimiz Amir Temur tavalludining 680-yilligi keng nishonlanmoqda.
Ushbu sana munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida milliy merosimizni, ulug‘ allomalarimiz nomlarini tiklash, o‘rganish va keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Tuman madaniyat va sport ishlari bo‘limi san’atkorlari, yosh ijrochilar tomonidan Sohibqiron hayotini aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. “Temur tuzuklari”dan parchalar o‘qildi.
Tadbir doirasida yoshlar orasida sportning ommaviyligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida an’anaviy o‘tkazilayotgan kross musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, korxona va tashkilotlar ishchi-xizmatchilari, sportchi oilalar ishtirok etdi.
Musobaqada kattalar o‘rtasida 51-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Q.Sapayev, tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Z.Yoqubboyeva, 20-umumta’lim maktabi 1-sinf o‘quvchisi X.Yo‘ldosheva, shuningdek, Guldursin ovulidan M.Ibrohimov oilasi marraga birinchi bo‘lib yetib keldi.
G‘oliblar va “Eng keksa ishtirokchi”, “Eng keksa ayol ishtirokchi”, “Eng faol sportchilar oilasi”, “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyalari bo‘yicha finishga birinchi kelganlar munosib taqdirlandi.